
Shayx Abdulqodir Jiyloniy rahmatullohi alayh “G‘unyatut tolibiyn” da bir ajoyib narsani yozganlar. Shayx yozadilarki, “Ramazon” so‘zidagi har bir harf bu oydagi sifatni bayon qiladi.
“Ramazon” so‘zidagi “ro” harfi, bu “rahmat” oyi deydi.
“Ramazon” so‘zidagi “mim” harfi, bu “mag‘firat” oyi deydi.
“Ramazon” so‘zidagi “zod” harfi, bu “jannat zominligi (kafolati) berilgan” oy deydi.
“Ramazon” so‘zidagi “alif” harfi, bu “uns va ulfat” (mehribonlik va yaqinlik) oyi deydi.
“Ramazon” so‘zidagi “nun” harfi, bu “nuroniyat” oyi deydi.
Rahmat istasangiz, mag‘firat istasangiz, jannat zominligi (kafolati)ni istasangiz, uns va ulfat (mehribonlik va yaqinlik) istasangiz, nuroniyat istasangiz, u holda bu oyda ko‘p ibodat qiling. Shunda bu barcha narsalar nasib qiladi.
Abdulqayyum Komil tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar