09:27 / 04.06.2018
4 774

Ro‘za tutish insonlarni intizomga o‘rgatadi

Ro‘za tutish insonlarni intizomga o‘rgatadi
Dindorlar haqida gapirishganda ularni xo‘mraygan, haddan tashqari jiddiy va beparvo deb ta’riflashadi. Lekin xuddi shu gaplarni aytayotgan odam, ehtimol Islom va bu dinning yorqin namoyandasi bo‘lgan Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqlarida umuman eshitmagan bo‘lishi mumkin. U zot doimo tabassum qilar va:

«Ruxsat etilgan narsalarning birortasiga past nazar bilan qaramanglar, xatto birodaring bilan uchrashganingda yuzda tabassumni ham» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)

Ba’zilar Ramazon oyida yuzlarini sarg‘aytirib, toliqqan va jonsizdek sarg‘ayib, o‘zlarining ro‘zadorliklarini bildirib, ko‘rsatib yurishadi. Bunday xulq musulmon kishiga yarashmaydi, illo Ramazon avvalam hamma xursand bo‘ladigan bayram.

Bu oyning kelishi Allohning musulmon bandalariga bergan juda katta ne’matidir. Bu muborak oyda Jannat eshiklari ochiladi va jahannam eshiklari berkitiladigan muborak vaqt. Bu Qur’on oyi, dinimiz uchun muhim bo‘lgan nafs bilan jang qilinadigan oy.

«Sen: „Allohning fazli ila va Uning rahmati ila. Bas ana shu bilan xursand bo‘lsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir», deb ayt. (Yunus surasi, 58-oyat)

Faqat ochko‘zlik insonni toliqqan va harakatsiz qilishi mumkin, ammo ro‘za, xursand va faol qiladi. Ochko‘zlik ketidan ochko‘zlik va dangasalikni yetaklaydi, ro‘za bo‘lsa, ancha intizomga o‘rgatadi, va insonni xushchaqchaq qiladi.

Yaqinda ruhshunoslar kim ijobiy xissiyotlarni xis qilsa u hayotidan rozi bo‘ladi degan xulosaga kelishdi. Tajriba o‘tkazishganda, bir narsa yaqqol tasdig‘ini topdi. Bir lahzalik shahvatlardan voz kecha olgan insonlar, ancha ijobiy xissiyotlarni xis qilishgan, va tabiiyki hayotdan ancha mamnun bo‘lishgan.

Shu sabab, iymon keltirgan odam Ramazon oyida nafaqat o‘z nafsini gunoh qilishdan saqlaydi, balki boshqa vaqtlarda ruhsat berilgan yemoq, ichmoq va turmush o‘rtog‘i bilan jimo qilishdan voz kechadi, va bu o‘z navbatida uni hayotdan rozi ekanligini bildirgan bir vaqtda undan Allohning O‘zi ham rozi bo‘lishi hamdir.

Ba’zi odamlar Ramazonga beparvo bo‘ladilar, va kunning aksar qismini uyquda o‘tkazishadi. Ular charchoq va kuch kamligini bahona qilishadi, lekin aslini olganda bu katta xato va adashishlik. Ro‘za bilan inson ruhi va tanasini og‘irlik, zulmatdan, siqilishdan tozalaydi. Tana yengil va tetiklashadi, ruh esa, tiniq va yorqinlashadi. Ramazon ro‘zasi kishini baquvvat va qat’iy, bag‘rikeng, mehribon va itoatgo‘y qiladi.

Masalan, ro‘za sababli, Dovud alayhissalom go‘zal ovozlari bilan Zaburni tilovat qilib, qalblarini Allohga bog‘ladilar. Uning ro‘zasi insoniyat tarixidagi eng go‘zal ro‘za bo‘ldi. Zamoni saodatda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam Badr jangi paytida sahobalar bilan ro‘zador edilar, va g‘alabaga erishishdi.

Ro‘za ularning amallariga xalaqit bermagan, aksincha ularga kuch va bardosh bergan. Faqatgina bu jangda emas. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning ashoblari janglarda ro‘za tutib, poklanishar edi, va dushman ustidan bir necha bor g‘alaba qozonishgan. Chunki ular qiyin bo‘lgan nafslari ustidan g‘alabaga erishgan edilar.

Bu haqda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bitta jihoddan qaytganlarida aytgan gaplari misol bo‘ladi:
«Biz kichik jihoddan katta jihodga keldik. Va bu jihod bandaning o‘z nafsi bilan qiladigan jihodidir».

Ramazon – bu xursandlik. Axir Buyuk Alloh bizga gunohlardan forig‘ bo‘lish va O‘ziga yaqinlashish imkonini berdiku. U Ramazongacha yashashni va ro‘za lazzatini tatib ko‘rishni nasib qildiku. Robbimiz bizga ato etgan, kundan kun biz sezmayotgan xuddi bo‘lishi kerakdek qabul qilayotgan ne’matlarga xursandmiz. Ramazon- bu Allohga itoat va Uni roziligi yo‘liga turish xursandchiligi.

Shu bilan birga bu narsadan faqatgina biz o‘zimiz xursand bo‘lib qolmaymiz. Boshqalarga ham sadaqalar berib, iftorliklar qilib, atrofdagilar bilan chiroyli xulq ila muloqot qilib xursand bo‘lishlariga sababchi bo‘lamiz.

Shunday ekan, jilmaying, o‘zingizni tetik tuting, hammaga o‘zingizni qanchalik xursand ekaningizni ko‘rsating. Unutmang tabassumingizga ham ajru savob olasiz.

Alloh bu muborak Ramazonning hamma manfaatlarini qo‘lga kiritish bilan, bizga xursandchilik olib kelishini nasib etsin.

Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ro‘za tutish insonlarni intizomga o‘rgatadi