Rivoyat qilinishicha, Asmo binti Horis kelin bo‘lib kuyov uyiga – xojasi xonadoniga ketadigan kunda onasi Umoma tomonidan unga shunday nasihat qilindi:
“Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozim. O‘git hammaga zarur. Nasihat bilmaganga o‘rgatadi, bilganning esiga soladi.
Sevikli qizim, agar bir qiz ota-onasi kambag‘alligi uchun erga berilishi kerak bo‘lsa, sen hech qachon uzatilmasding. Chunki otang juda badavlat, yuqori martaba egasi. Sen shunday bir odamning qizisan!..
Lekin hayot boshqacha. Alloh bizlarni yaratgan, biz uchun hayot qonunlarini belgilagan. Har bir inson Alloh belgilab bergan qonunlar chegarasida umr o‘tkazadi. Allohning qonuniga ko‘ra, hayotga qadam qo‘yadigan vaqt kelganda, har bir ayol bir xojaga, har bir xoja bir ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar xotinlar uchun, xotinlar erkaklar uchun yaratilgan. Bu qonunni hech kim buza olmaydi, qiyomatga qadar davom etadi.
Shu sabab sen tug‘ilib o‘sgan, voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab o‘ynab yurgan yeringdan chiqib o‘zing bilmaydigan, notanish bir uyga, shungacha o‘zing yaxshi bilmagan inson uyiga, o‘zingniki bo‘ladigan uyga borasan.
Suyukli qizim, ko‘zimning nuri! Sen ul zotga (eringga) shunday xizmat qil: sen unga yer bo‘lki, u senga osmon bo‘lsin. Sen xojangga bir uy bo‘l, u senga ustun bo‘lsin!
Qizim, endi senga aytadigan o‘gitlarimga quloq sol, ularni doim yodingda tut:
1. Qanoat sohibasi bo‘l. O‘z holingga shukr qil. Ering uyga nima olib kelsa – xoh yeydigan, xoh kiyadigan narsa bo‘lsin – xushfe’llik, go‘zal odob bilan qabul qil, eringga tashakkur ayt. Zero, baxtli hayot kechirishning bir yo‘li o‘z holiga shukr qilishdir. Holiga shukr qilmagan, nafsini tiymagan kishida qalb xotirjamligi bo‘lmaydi.
2. Eringga itoat et, “Qil” deganini qil, “Qilma” deganidan saqlan! Ering bilan suhbatlashganda itoatli ekaningni tushunib olsin. Shunda Alloh taolo sendan rozi bo‘ladi, uyingiz saodat nuridan porlaydi.
3. Eringning ko‘zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber: uy ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday qilki, xojangning ko‘ziga bironta ham chirkin yer ko‘rinmasin.
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xushbo‘ylikni sezsin, dimog‘iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hid ering ko‘z o‘ngida sening obro‘yingni tushiradi, sendan irganishiga sabab bo‘ladi.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla, ovqatlanish vaqtini zinhor kechga surma. Ering qachon ovqatlanishga o‘rgangan bo‘lsa, o‘sha paytga ovqatingni hozirla. U kelishi bilan tezda dasturxon yoz. Shuni yaxshi bil: ochlik kishi jahlini tez chiqaradi.
6. Uxlash, uyg‘onish vaqtini yaxshi bilib ol! Uning yotish payti bo‘lsa, o‘rnini tayyorlab qo‘y.
7. Xojangning mulkiga, ashyolariga juda e’tiborli bo‘l, uning mol-dunyosini yaxshi saqla, buyumlarini avaylab asra. Chunki uning mulki senikidir.
8. Eringning qarindosh-urug‘lariga hurmat ko‘rsat! Bu bilan uning e’tiborini qozonasan. Yaqinlarini hurmat qilish xojangni hurmat qilish demakdir. Bu, e’tibor qozonish uchun judayam muhim.
9. Eringning sirini boshqalarga aytma. Agar aytib qo‘ysang, ishonchingni yo‘qotasan. Natijada oilang buziladi, hamjihatlikka darz ketadi.
10. Eringning dinga to‘g‘ri keladigan barcha buyruqlarini ado et, hech qachon unga nisbatan itoatsizlik qilma.
Shuni yaxshi bil: xojang xafa bo‘lganida xursand bo‘lishdan, shodon paytida xafa bo‘lishdan ehtiyot bo‘l. Chunki bu bilan uning quvonchu dardiga sherik emasliging ko‘rinib qoladi. Bu, fahm-farosatsiz, tarbiyasiz odamlar ishidir ”.
"Baxtli hayot sari" kitobidan
Manba: azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi