19:55 / 13.07.2018
6 051

Olimlar "surunkali charchoq sindromi"ning sababini topishdi

Олимлар "сурункали чарчоқ синдроми"нинг сабабини топишди
Surunkali charchoq sindromi (SChS)ning rivojlanishiga bakteriyalarning muayyan shtammlari sabab bo‘lar ekan. Ularning ichaklardagi anomal katta miqdori insonning doimiy charchoqni his qilishiga olib keladi. Microbiome jurnalida chop etilgan maqolada shu haqida ma’lum qilindi.

"Ehtimol, surunkali charchoq sindromi miya va ichak o‘rtasidagi ikki tomonlama "muloqot"ning buzilishi natijasida yuzaga keluvchi surunkali og‘riqlar kabi shakllanar. Bu muammolarni yuzaga keltiradigan bakteriyalarni kashf qilib, biz SChS tashxisi va uni davolash usullarini yaratishga bir qadam yaqinlashdik", - dedi Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetidan Brent Uilyams.

So‘nggi yillarda tibbiyot xodimlari surunkali charchoq sindromiga yo‘liqqan bemorlarning soni oshganini qayd etishmoqda. Aksariyat bemorlarda umumiy belgilar kuzatilmoqda - tez-tez og‘riq turishi, uyqusizlik, charchoq va bosh og‘rig‘i. Uzoq izlanishlariga qaramay, tadqiqotchilar bu sindromning sababini topa olishmayotgan edi, ko‘p shifokorlar uning psixologik xarakterga ega ekanini taxmin qilishayotgandi.

Nisbatan yaqinda olimlar bu noodatiy kasallik asab tizimining doimiy "favqulodda holat" tufayli shikastlanishi natijasida rivojlanishini aniqlashdi. Buning natijasida esa organizmda, jumladan orqa miyada ham yallig‘lanish jarayonlari avj oladi.

Uilyams va uning hamkasblari SChS'dan aziyat chekuvchi 50 nafar bemor hamda 50 nafar sog‘lom kishilar qonining kimyoviy tarkibi va mikroflora turlarini tahlil qilib, qaysi bakteriyalar shunday muammolarni keltirib chiqarishini aniqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kasallangan va sog‘lom kishilarning qon tarkibi va mikroflorasi bir-biridan ancha farq qilgan, tafovutlar barcha bemorlar uchun taxminan bir xil bo‘lgan va bu surunkali charchoq sindromi rivojlanishining biologik sababiga ishora qilgan.

Mikroblar qanday qilib SChS rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum, lekin bu V6 vitamini va qator boshqa muhim biologik molekulalar sintezidagi buzilishlar bilan bog‘liq ekani taxmin qilinmoqda, ularning manbai esa odatda ichaklardagi bakteriyalar hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar "surunkali charchoq sindromi"ning sababini topishdi