12:28 / 24.07.2018
6 045

Ona maktubi

Ona maktubi
Ibn Taymiya rahimahullohning onalariga maktub yetib borgach, u kishi (onasi) shunday javob xati bitdilar:

"Sevimli, (men undan) rozi bo‘lgan bolam Ahmad ibn Taymiya! Senga ham Allohning salomi, rahmati, barakasi, mag‘firati va roziligi bo‘lsin! Allohga qasamki, shunga o‘xshash (ish) uchun seni tarbiya qilganman. Islom va musulmonlar xizmati uchun seni nazr qilganman. Din shariatlarini senga ta’lim berdim.

Ey bolajonim, menga yaqin bo‘lishing, sen diningga yaqin bo‘lishing hamda turli yurtlarda Islom va musulmonlar xizmatida bo‘lishingdan ko‘ra, menga sevimliroq deb o‘ylama. Balki, ey bolaginam, sendan g‘oyatda rozi bo‘lishim, faqat va faqat dining va musulmonlar foydasiga taqdim qilayotgan xizmating miqdoricha bo‘ladi.

Ey bolam, ertaga Allohning oldida sendan, mendan uzoq bo‘lganing haqida so‘ramayman. Chunki men, sen qayerda va nima bilan mashg‘ul ekaningni bilaman. Biroq ey Ahmad, agar Allohning diniga xizmat qilish hamda, musulmon birodarlaringdan iborat u (din)ning izdoshlariga xizmat qilishda hafsalasizlik qilsang yaqin kelajakda Allohning oldida sendan so‘rayman va hisob berishingni talab qilaman. Alloh sendan rozi bo‘lsin, yo‘lingni yaxshilik bilan yoritsin, qadamingni o‘nglasin! Alloh meni va seni O‘zining soyasidan boshqa soya yo‘q bo‘lgan kunda Rahmon Arshining soyasi ostida jamlasin! Va a’laykumussalom va rohmatullohi va barokatuh!"

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ona maktubi