
– Birinchi bo‘lib diktator – fir’avnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz ro‘para turgan shaxs – erkak emas, Ayol bo‘lgan. U – Sayyida Osiyo.
– Birinchi bo‘lib Ka’batullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi bo‘lgan, yer yuzidagi eng pok suv – Zamzam suvini ichishga erishgan shaxs – erkak emas, Ayol bo‘lgan. U – Hojar onamiz.
– Birinchi bo‘lib Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan shaxs – erkak emas, Ayol bo‘lgan. U – Hadicha onamiz.
– Birinchi bo‘lib Islom uchun jonini fido qilgan shaxs – erkak emas, Ayol bo‘lgan. U – Sumayya roziyallohu anho.
– Birinchi bo‘lib Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs – erkak emas, Ayol bo‘lgan. U – Xadicha onamiz.
– Birinchi bo‘lib Safo va Marva orasida yugurgan shaxs – erkak emas, Ayol bo‘lgan. U – Hojar onamiz.
– Bilmagan har kimsa bilib olsinki, Ayol – Islom uchun faxrdir.
– Ayollarni hurmat qilgan va ularning qadr-qimmatini bilgan erkaklarga Allohning salomlari bo‘lsin.
– O‘zlarining qadr-qimmatini bilib, ibo-hayosi, iffati va hijobi ila o‘zlarini nomahramlardan himoya qilgan, ziynatlarini ko‘z-ko‘z qilmagan, Alloh uchun turmush o‘rtog‘i va farzandlarining xizmatini qilgan Ayollarga ham Allohning salomlari bo‘lsin.
Hasan G‘ANIYeV
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar