Hasan Basriy rohimahullohdan: “Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do‘st bordir” (“Shuaro” surasi, 100-101) oyatlari haqida so‘ralganda shunday dedilar:
“Bu qiyomat kuni bo‘ladi. Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirib bo‘lgandan keyin, jannat ahlidan bo‘lgan bir kishi:
– Ey Robbim, falonchi hamrohim qayerda, falonchi do‘stim qayerda? Uni jannatda ko‘rmayapman-ku! - deydi. Shunda unga:
–U do‘zaxda, - deyiladi. Shunda haligi kishi:
– Ey Robbim, yo Parvardigoro! Uning yonimda emasligi sabab jannat menga tatimayapti, - deydi.
Shunda Alloh taolo uning do‘stini do‘zaxdan chiqarilishiga buyruq beradi. U do‘zaxdan chiqib, jannatga kirarkan, do‘zax ahli:
– Uni kim shafoat qildi, uni kim chiqardi?! Uning solih amali bormi?! - deydilar.
– Yo‘q, - deb javob beriladi.
– Unda shahid otasi yoki shahid akasi shafoat qildimi? - deydilar.
– Yo‘q, - deyiladi.
– Unda, payg‘ambarlar va rasullar shafoat qilishdimi? - deydilar.
– Yo‘q, uni solih bir do‘sti shafoat qildi, - deyiladi.
Shunda do‘zax ahli faryod qilishadi va “Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do‘st bordir. Bas qaniydi yana bir marta (yashashning iloji) bo‘lsa-yu, bizlar ham mo‘minlardan bo‘lsak, deydilar. (“Shuaro” surasi, 100-102-oyatlar).
Koshki dunyoga bir zumga bo‘lsada qaytarilsagu, yaxshi insonlar bilan tanishsak, deydilar...
Jannat egalari jannatga kirganlarida dunyoda ezgu yo‘lda birga yurgan do‘stlarini ko‘rmasalar izzat sohibi (buyuk Alloh)dan “Ey Robbimiz, dunyoda biz bilan birga namoz o‘qigan ro‘za tutgan do‘st birodarlarimiz bor edi, ularni ko‘rmayapmiz”, deb so‘rashadi! Alloh taolo: “Do‘zaxga boringlar, yuragida zarra og‘irligicha iymoni borlarni olib chiqinglar”, deb marhamat qilar ekan! Hasan Basriy rohimahulloh: “Mo‘min do‘stlarni ko‘paytiringlar, qiyomatda ular shafoat qiladilar” dedilar. Sizni jannatga yetaklagan do‘st chin vafodordir!
Alloh bizlarni Jannatda jam bo‘ladigan do‘stlardan qilsin.
O‘zi biz uchun eng xayrli deb bilgan oliygohlarda manfaatli ilm olishimizni nasib qilsin!
Ibn AQL
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”