Yangi Zelandiya kompaniyasi ikki oy davomida to‘rt kunlik ish haftasida ishlab, xodimlari baxtliroq va e’tiborliroq ekani, ularning unumdorliligi eski darajada qolganini kuzatdi. Endilikda ular ana shunday jadval bo‘yicha ishlashmoqchi.
Ushbu yilning bahor faslida Yangi Zelandiyaning Perpetual Guardian kompaniyasi tajriba o‘tkazdi: xodimlar ish haqi kamaytirilmagan holda besh kun o‘rniga to‘rt kun ishlashdi. Yaqinda kompaniya natijalar bilan o‘rtoqlashdi: ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanat hissi 54 foizdan 78 foizga ortdi. Xodimlardagi zo‘riqish darajasi pasayib, o‘tkazib yuborilgan ish kuni ularning unumdorligiga ta’sir ko‘rsatmadi. Aksincha ushbu ko‘rsatkich biroz ko‘tarildi.
Foto: JuliarStudio/iStock
Kompaniya rahbari Endryu Barnsning so‘zlariga ko‘ra, u o‘rtacha statistika bo‘yicha britaniyalik ishchi kuniga faqat 2,5 soat unumdor ishlashi to‘g‘risidagi tadqiqotni o‘qigach, tajriba o‘tkazishga qaror qildi. “Xodimlarga dam olish kuni berilsa nima bo‘ladi, o‘sha kuni o‘zlarining ishga oid bo‘lmagan kichik ishlarini bitirgan bo‘lishardi, - deya o‘ylandi Barns. Agar ularda bor-yo‘g‘i to‘rt kun bo‘lsa, samaraliroq ishlarmikanlar?”.
Barns fikrini xodimlar bilan bo‘lishganida ularga chorshanba va juma kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘lsa o‘z unumdorlik darajalarini qanday qilib tushirib yubrmaslik yo‘llarini topishni buyurdi.
Foto: JuliarStudio/iStock
Xodimlar majlis va ijtimoiy tarmoqlarga kamroq vaqt sarflaydigan bo‘lishdi. Ular stol ustidagi maxsus signallar – masalan, kompyuter yonidagi bayroqcha yoki kichik gultuvakdan foydalanardilar. Bu belgilar xodimni bezovta qilmagan ma’qulligini anglatadi (tadqiqot natijalariga ko‘ra, odamga uni chalg‘itganlaridan keyin diqqatini ishga qaratish uchun 20 daqiqadan ko‘p vaqt zarur bo‘larkan). Ofisda paydo bo‘ladigan xodimlar soni kamaygach, shovqin darajasi va chalg‘ituvchi omillar soni kamaydi. Ishchilar vaqtini avvalgiga taqqoslaganda 20 foizga kam ishda o‘tkazishlariga qaramay, ularning unumdorligiga zarar yetmadi.
Tajriba o‘tkazilguniga qadar ishdan qoniqish darajasi ancha yuqori edi. Biroq undan keyin bu ko‘rsatkich, hayotdan umumiy qoniqish kabi yanada o‘sdi. Bandlik hissi pasaydi. Zo‘riqish darajasi 45 foizdan 38 foizga tushdi.
Ishga jalb etilganlilik o‘sdi, ishga sodiqlik esa 68 foizdan 88 foizga ortdi. Xodimlar o‘zlarida ishlash ishtiyoqi ko‘payganini sezdilar, rahbarlariga ko‘roq ishonib, lavozimlari ahamiyatini his qilishdi.
Hozirda kompaniya bunday ish jadvalini doimiy asosga o‘tkazmoqchi. To‘g‘ri, dastlab ba’zi byurokratik nozik jihatlarni to‘g‘rilash kerak bo‘ladi. Yangi Zelandiya qonuniga ko‘ra, xodimning ta’tili ofisda o‘tkazgan vaqtiga qarab hisoblanadi.
Foto: JuliarStudio/iStock
Agar bunday tajriba ko‘plab kompaniyalarda paydo bo‘lsa, u muhim o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. “Hafta kunlarining birida yo‘llarda avtomobillar soni 20 foizga kamaysa, bu atrof-muhitni yaxshilashga yordam beradi”, - deb hisoblaydi Barns. – Odamlarning to‘planishi muammosi hal bo‘ladi, shaharlar dizayni o‘zgaradi. Qo‘shimcha dam olish kunini ta’limga sarflash mumkin bo‘ladi. “Kadrlarni qayta o‘qitish muhim, chunki tez orada sun’iy ong kelajagi sodir bo‘ladi va bir necha yil davomida u ba’zi lavozimlardagi odamlar o‘rnini bosishi mumkin”, - deydi Barns.
To‘rt kunlik ish haftasini yo‘lga qo‘yishni istagan kompaniyalar reja tuzishlari lozim. Xodimda ishlashning yangi usullari izlashga ishtiyoq uyg‘otish lozim. To‘g‘ri, ba’zilar bu fikrga qo‘shilmasliklari mumkin.
Kadr resurslari masalalari bo‘yicha professor Jerod Xarr to‘rt kunlik ish haftasini ish hajmi o‘ta yuqori bo‘lgan kompaniyalarda yo‘lga qo‘yish mushkul ekanini aytmoqda. “Agar kompaniyangizda ikkita odam bo‘lsa, besh kunlik ish rejasini to‘rt kunda bajarishga harakat qilish ma’nisiz”, - deydi u. Biroq bunday tajribani sinab ko‘rish lozim. O‘ylashimcha, u ko‘plab ofislarda qo‘l kelishi mumkin”.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”