date
views 7 041

Shifokorlar: «Ko‘p uyqu hayot uchun xavfli»

Shifokorlar: «Ko‘p uyqu hayot uchun xavfli»
Tavsiya qilingan 7-8 soatdan ko‘p uxlash o‘lim xavfini oshirar ekan, deya xabar beradi «Xabar.uz» sayti.

Bu borada Angliyaning Kilskiy universitetida tadqiqot olib borilgan.

Tadqiqot natijalari «Journal of the American Heart Association» jurnalida e’lon qilingan.

Olimlar 3 milliondan ziyod kishini qamrab olgan 74 ta tadqiqotni tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 10 soat uxlaydigan kishida 8 soat uxlaydigan kishiga nisbatan o‘lim havfi 30 foiz yuqori bo‘lar ekan.

Shuningdek, 10 soatlik uyqu 56 foiz o‘lim xavfini oshirar va 49 foiz yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarar ekan.

Kam yoki ko‘p uyqu ham yurak kasalliklariga sabab bo‘lar ekan. Shu bois olimlar shifokorlarga bemorlarning uyqusi vaqti va sifatiga alohida e’tibor qaratish lozimligini uqtirishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Shifokorlar: «Ko‘p uyqu hayot uchun xavfli»