00:30 / 11.08.2018
6 588

Munajjimlar bashorati: 11 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 11 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

11 avgust kuni do‘stlar, tanish-bilishlar, hatto uyingizdagilar bilan ham professional kasbingizga tegishli rejalarni o‘rtoqlashmang. Agar hayotda biror arzirli ezgulikka erishmoqni istasangiz, baliq kabi soqov bo‘ding. Oilasiz bo‘lsangiz, muhabbatda ishlaringiz ko‘pligidan uchrashuvga vaqt topa olmasligingiz mumkin. Shuning uchun romantikani boshqa kunga qoldirib turishingizga to‘g‘ri keladi. Ammo kuch hamda imkoniyatlaringiz barcha ishlarni do‘ndirishga yetadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Bugun maqsadga yetish uchun avvalo o‘zingizga bo‘lgan ishonch mustahkam bo‘lishi lozim. Muhabbatda aniqlik talab etiladi. Ayniqsa, oilasiz bo‘la turib yaqinda tanishgan insonga tuyg‘ularingizni oshkor eta olmayotgan bo‘lsangiz, aniqlik ayni siz uchun. Oila a’zolaringiz bilan esa kamtarona, muloyim va diplomatlarcha munosabatda bo‘ling. Salomatlikni mustahkamlash kunning asosiy rejasiga kiritilsa ham ziyon qilmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

11 avgust kuni har bir qadamingizni, so‘zlagan so‘zingizni hadeganda tahlil etavermasangiz, hayotingiz ertakka aylanishi turgan gap. Aqlni ishlatgan holda harakatlar sodir etsangiz, moddiy masalada ham zafar quchishingiz tayin. Taqdirda borini qabul qiling. Uni yaqinlaringiz bilan baham ko‘ring. Kechqurun sportning yengil turlari hamda suzish mashqlarini bajarish muvaffaqiyatli kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bolalarcha orzular ummonida suzishni bas qiling. Shunda bugungi kuningiz ajoyib va yoqimli lahzalarga boy o‘tadi. Vaziyatni ideallashtirishga urinmang. Har qanday vaziyatni ham inson xohlagan tarafiga qarab o‘zgartirishi mumkin. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda biror yangilik yaratishga harakat qiling. Bundan faqat foyda ko‘rasiz. Bugun organizmingizni jismonan zo‘riqtirishdan nari bo‘ling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

11 avgust kuni arslon burji ostida tug‘ilganlar muhabbat bobida har qanday mushkulotlarga tayyor turishadi. Ammo yodda tuting, agar bu munosabatlaringizga arzimaydigan odam uchrasa, barcha harakatlaringiz chippakka chiqishi mumkin. Nimaiki ish boshlamang, qarindoshlar maslahatiga quloq tuting. Ular sizga hech qachon yomonlik tilamaydi. Do‘stlar bilan muloqotda psixolog rolini ijro eting.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kun avvalidanoq vujudingizni xavotirlar, asabiyliklar qurshab olishi mumkin. Balki chap yoningiz bilan turgandirsiz? Hayotni zar-u kimxobga o‘rash o‘zingizning qo‘lingizda. Realistga aylaning. Ish joyingizda ko‘zga tashlanadigan asabbuzarliklarga hissiz munosabatda bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida surunkali xastalikka yo‘liqqanlar barcha ishlarni yig‘ishtirib qo‘yib salomatlikni mustahkamlash bilan shug‘ullanishlari kerak.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

11 avgustda yaqin o‘tmishdagi muhabbatingiz yodingizga tushib, uni juda sog‘ina boshlaganingizni his etasiz. Bu narsa ishlaringizni bajarishda jiddiy to‘siq vazifasini o‘tashi mumkin. Bir necha soatga bo‘lsa-da, tabiat qo‘yniga chiqib, tushkun xayollardan xalos bo‘lishga urinib ko‘ring. Pul masalasida kechki paytga borib ahvolingiz yaxshilanishi mumkin. Albatta, rahbarlaringiz va’da qilingan mukofot haqida unutib qo‘ymagan bo‘lishsa. Aks holda qarz ko‘tarishingizga to‘g‘ri keladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

Yulduzlar sizga qolipli emas, kayfiyat bilan bog‘liq hayotni maslahat berishadi. Ish bajarishda o‘tmishda orttirgan bilimlar bugun juda kerak bo‘ladi. Tushdan so‘ng boshqa shahar yoki mamlakatda yashaydigan do‘stingiz haqida ajoyib xushxabar eshitishingiz ehtimoli bor. Tadbirkor bo‘lsangiz, kunning ikkichi yarmida yangi hamkorlar bilan foydali shartnoma imzolashingiz mumkin. Kechqurun vaqtingizni yaqin insoningizga baxshida eting.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

11 avgust kuni bir necha lahzalarga bo‘lsa-da, bolalikka qaytishni xohlab qolasiz. Tashvishsiz, quvnoq hayotni qo‘msay boshlaysiz. Afsuski, bu shunchaki xayol. Agar bolalikka qaytishning imkoni bo‘lganda, dunyoda qari odamning o‘zi qolmasdi. Kun davomida tanigan-tanimaganlarga baravar jilmayib, muloyim munosabat yuritavering. Kayfiyatingiz ko‘tariladi. Ijodkorlar, san’atkorlar bugun o‘z sohalarida albatta muvaffaqiyat qozonishadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zingizda xohish bo‘lsa bas, har qanday og‘ir vazifani ham sira qiynalmasdan ado eta olasiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

Ertalabdan faqat ko‘nglingizga o‘tirishadigan, o‘zingiz hurmat qiladigan odamlar bilangina munosabat yuriting. Juftingizning sizni bo‘lar-bo‘lmasga rashk qilaverishi asab tomirlaringizni tarang torttirishi mumkin. Shuning uchun yolg‘iz qolishga harakat qiling. Janjalning oldi olinadi. Shaxsiy biznesiga ega insonlar uchun bugun safar va kelishuvlar omadli kechadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

11 avgust kuni har qanday ishni uddalay olishingizga o‘zingizni ruhan tayyorlab oling. Shunda pulning o‘zi to‘da-to‘da bo‘lib sizni qidira boshlaydi. Juftingiz bilan munosabatlar yanada yaxshilanishi uchun ma’lum muddat alohida vaqt o‘tkazing. Qisqa muddatga bo‘lsa-da, o‘zingizni erkin qushdek his eting. Bu oilaviy hayotingizga ahillik hadya etadi. Salomatlikni asrash ham rejaga kiritilishi lozim.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Xudo beraridan qismasa, ertalabdanoq moddiy ahvolingiz yaxshilanish pallasiga kiradi. Balki kimlardir sizdan qarz olgandir, balki kimningdir hojatini chiqargandirsiz. Ular bugun kunning birinchi yarmida uyingiz eshigi qarshisida saf tortishlari mumkin. Muhabbatda yetakchi bo‘lishga urinmang. Kamtarlik yaxshi. U sizga eng sadoqatli do‘stga aylana oladi. Ayrimlar kun mobaynida bosh va oyoq og‘rig‘idan bezovtalanishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?