14:20 / 25.08.2018
5 225

Bloger minbari: Mashina olib-soting - yutqazmaysiz

Bloger minbari: Mashina olib-soting - yutqazmaysiz
Dollar bahosi tushayotganda sarmoyangizni qanday saqlamoqchisiz? Chorva va agrobiznesga tikasizmi? Uy olib qoʻygan maʼqulmi? Qishga kirish oldidan katta hajmda qurilish materiallari yoki sabzavotlar bosib qoʻyasizmi? Bundan tavakkallar yoqmasa, shunchaki tillaga aylantirib qoʻyishga nima deysiz, boyota? Keling, shu xususda omadli biznesmen doʻstimning maslahatini tinglang.

Men kreditga mashina olib, yutganlardanman. Yiliga 20 foiz.

Agar GM Uzbekistan shu monopoliyasini ushlab tura olsa, kreditga mashina olib faqat yutasiz.

Chunki, mashina narxi yilda ikki martadan oshib tursa, kreditning uch yillik muddati tugaguncha, 6 marta oshadi va uch yil ezib mingan mashinangizni yana foyda bilan sota olasiz.

Toʻlagan foizlaringiz, mashinaning taniga qoʻshilib ketadi. Aniq fakt.

Men toʻlov qilganimda “Jentra” 47 mln boʻlgan. Shundan 51 foizini toʻlov qilganman, qolgan 49 foizini bank. 23 mln kredit bergan ular.

“Jentra”m chiqqunicha boʻlgan 3 oylik muddatda mashina narxi oshib 63 mln boʻlib qolgan. Oshgan qismini naqdda toʻladim.

Kredit boʻlgani uchun qilinadigan chiqimlarim.
  • Asosiysi sugʻurta uch yillik 2 foiz: 3 yilga 4 mln atrofida (havoga uchadi bu pul)
  • Uch yillik kredit foizi: 13 mln atrofida.
  • Va yana bir ikkita chiqim: 1 mln.

Jami 18 mln chiqim.

Mashina narxi 63 mln edi. Yana 18 mln chiqimni qoʻshsak, 81 mln boʻladi.

Kredit muddati tugadi. Ayni damda mashinamni 10500 dollarga sota olaman. Bu 81 mln 400 ming degani.

Xoʻsh, shunda ham kreditga mashina olish ziyonmi. Aslo!

Mashina pulni saqlash vositasi. Maza qilib uch yil minganing teppa-tekinga tushib turibdi.

Agar GM Uzbekistan shu monopoliyasini ushlab tursa, kreditga mashina olib faqat yutasiz. Ishonavering.
Usta Boqi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bloger minbari: Mashina olib-soting - yutqazmaysiz