18:18 / 02.09.2018
6 138

Immunitet va jismoniy faollik

Immunitet va jismoniy faollik
Agar sizni yoʻtal, shamollash kasalliklari, doimiy charchoq hissi tez-tez bezovta qilsa, u holda haftada bir necha marta kundalik sayrlar yoki oddiy jismoniy mashqlar oʻzingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi.

Jismoniy faollik immun tizimiga bakterial va virus infeksiyalarini magʻlub qilishga yordam beribgina qolmay, yurak kasalliklari, osteoporoz va saraton rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Jismoniy faollikning sogʻlomlashtiruvchi taʼsiriga qaramay, meʼyor hissi haqida unutish kerak emas. Marafonda yugurish yoki sport intensiv mashqlar kabi ogʻir va uzoq harakatlar aslida aylanuvchi leykotsitlar sonini pasaytirib, stress gormoni ajralishini kuchaytirib, immun tizimiga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi.

Tadqiqotlarga koʻra, kamharakat hayot tarzidan meʼyoriy faol hayot tarziga oʻtgan odamlar sogʻliq uchun koʻproq foyda olishadi. Bunday jismoniy faollik dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

- Farzandlaringiz bilan haftada bir necha marta velosipedlarda sayr qilish;

- Kundalik 20-30 daqiqalik piyoda sayrlar;

- Kun ora sport zalida shugʻullanish;

- Muntazam ravishda tennis oʻynash.

Bundan tashqari, jismoniy faollik insonning kayfiyatini yaxshilaydi, zero mashgʻulotlar davomida siz oʻzingizni kuch-quvvatga toʻlayotganingizni his qilasiz. Shuning uchun jismoniy faollikni orqaga surmang, tezroq aerobikaga yoziling yoki shunchaki koʻchada piyoda sayr qilishga odatlaning. Qarabsizki, oʻzingizni yanada sogʻlom va sergʻayrat his qilasiz!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitet va jismoniy faollik