AQSHning Ogayo universiteti olimlari sichqonlarda oʻtkazilgan bir qator tajribalar davomida uzoq davom etuvchi stress va fazoviy xotiraning yomonlashishi oʻrtasida yaqindan oʻzaro bogʻliqlik borligini aniqlashdi.
Tadqiqot rahbari Jonatan Godbuning tushuntirishicha, olimlar tajribada sinalgan sichqonlarni avval ular chiqishni topishlari kerak boʻlgan labirintga joylashtirishgan. Sichqonlar yoʻnalishni eslab qolib bu vazifani bir necha bor bajara olganlaridan keyin ularni stress holatiga duchor qilganlar: ularning yoniga yirikroq va tajovuzroq alfa-erkak sichqon qoʻyilgan.
Olimlar sichqonlarda kattaroq begona sichqon bilan toʻqnashish oqibatida stress darajasi oshgani, ular talmovsirab qolishgani, labirintdan chiqish yoʻnalishini eslay olishmagani, chiqish teshigining joylashgan oʻrnini topa olishmaganini aniqlashgan. Tajovuzkor sichqonning taʼsiriga uchramagan sichqonlar esa chiqishni topishda xatoga yoʻl qoʻymagan.
Tadqiqotchilar fazoviy xotiraning yomonlashishi bosh miyadagi muayyan oʻzgarishlar bilan kechishini aniqladilar. Olimlar tomonidan topilgan makrofaglar – immun himoya hujayralari immun tizimining uzoq davom etuvchi stress omiliga javobi bilan chaqirilgan yalligʻlanishga reaksiya belgisi boʻlishi mumkin. Olimlarning aytishicha, sichqonlardagi bu chetlashish 28 kun ichida yoʻqolgan. Yalligʻlanishga qarshi dorilar sichqonlarda stressdan keyingi depressiyaning paydo boʻlishi vaqtiga sezilarli taʼsir koʻrsatmagan, biroq davolash evaziga xotiraning tezroq yaxshilanishiga erishilgan.
Tadqiqotning bu natijalari olimlarni stress omili oqibatida xotirada muammolar paydo boʻlishi aynan immun tizimining stressga javobi bilan bogʻlanganligiga iqror qildi.
Olimlarning fikricha, ularning bu yoʻnalishdagi keyingi ilmiy ishlari nafaqat stress va u bilan kechuvchi jarayonlar, balki har kungi hayoti xavotir, depressiya va boshqa hissiy buzilishlar bilan bogʻlangan odamlar uchun strategiyani ishlab chiqishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?