19:16 / 19.09.2018
8 863

Toʻyib uxlamaslikning jiddiy oqibatlari

Toʻyib uxlamaslikning jiddiy oqibatlari
Toʻyib uxlamaslik yoki muntazam uyqusizlik semirishga, organizmdagi moddalar almashinuvining buzilishiga, gormonal oʻzgarishlarga hamda gipertoniya va qandli diabetga olib keladi. Uyqusizlik dardiga chalingan kishilarda avtomobil halokati qurboniga aylanish ehtimoli 2,5 baravarga yuqori boʻlar ekan.

Xoʻsh, uyqusizlik dardiga chalinmaslik, toʻyib, tiniqib uxlash hamda uyquga toʻyib turish uchun nimalar qilish kerak?

Uyquni meʼyorga keltirish uchun salbiy voqealar va noxushliklarni biroz vaqtga unutgan, muammolarni bir chetga surib qoʻygan holda ignabargli daraxt moyi yoki ekstrakti qoʻshilgan vanna qabul qilish va sokin musiqa tinglash lozim. Shuningdek uyqusizlik balosidan xalos boʻlishga uy hayvonlari ham yordam beradi. Agar itingiz boʻlsa, demak kechki sayrga albatta chiqasiz, mushugingiz boʻlsa — uni silash sizni stresslardan xalos qiladi va tinchlantiradi.

Bundan tashqari uyqusizlikda kun davomidagi jismoniy mehnat va aniq kun tartibiga rioya qilish ham yordam berishi mumkin. Agar uyqungiz buzilgan boʻlsa, unda uxlash oldidan qahva yoki spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmang. Porolondan tayyorlangan toʻshakda uxlamang, tabiiy shifobaxsh giyohlar toʻldirilgan kichik yostiqni xarid qiling. Shu bilan birga uyqu oldidan televizor tomosha qilish yoki kompyuterda ishlash ham tavsiya etilmaydi. Uyqusizlik dardiga chalingan baʼzi kishilarga oyoqlari ostiga qoʻyilgan iliq grelka yoki iliq suvli shisha idish yordam berishi mumkin.

Shuningdek, uyqu oldidan asal solingan bir piyola iliq suv yoki sut ichish, boldirga gorchichnik qoʻyish yoki yengil uyqu keltirish effektiga ega giyohli damlamani qabul qilish mumkin. Uyquning davomiyligi har bir kishida turlicha boʻlib, kishining yoshiga, feʼl-atvoriga va irsiyatiga ham bogʻliq boʻladi. Baʼzi kishilarga toʻyib uxlashlari uchun 7-8 soat kerak boʻladi, boshqalarga hatto 9 soat ham kamlik qiladi, uchinchi birovlarga esa, 5 soatning oʻzi kifoya qiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Toʻyib uxlamaslikning jiddiy oqibatlari