Foto: Facebook /IslomKarimovFoundation
Islom Karimov fondida O‘zbekiston birinchi prezidentining otasi haqida so‘zlab berildi.
Islom Karimovning otasi-1894 yilda tug‘ilgan Abdug‘ani bobo xizmatchi bo‘lgan. U qattiqqo‘l, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan kishi bo‘lgan hamda qat’iyligi bilan ajralib turgan.
"Abdug‘ani bobo qat’iy tartib-qoidaga rioya qilgan va o‘g‘illaridan ham shuni talab qilgan. Mahallada katta obro‘-e’tibor qozongan bo‘lgan. Abdug‘ani bobo va Sanobar aya farzandlarining bilim olishga intilishi va doimo o‘z ustida ishlashi uchun shart-sharoit yaratishgan", - deyiladi Fond xabarida.
Ta’kidlanishicha, Karimovlar oilasida barcha o‘g‘illar oliy ma’lumotli bo‘lgan, ularning uch nafari maktabni oltin medal bilan tugallagan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan - Ibod G‘aniyevich, Quddus G‘aniyevich va Islom Abdug‘aniyevich. Bu o‘sha vaqtlar va bugungi davr uchun - noyob hodisa. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasigacha erishdi.
"Aka-ukalarning bari fenomenal xotira bilan ajralib turgan. Bu oilaviy xususiyat edi. Aka-ukalar hozirgina o‘qilgan matnni kim yoddan aytib bera olishi borasida o‘zaro bellashishgan. Keyinchalik ularning orasidan kimdir oliygoh o‘qituvchisi, kimdir sudya, xizmatchi, olim va prezident bo‘ldi. Bu oila uchun o‘g‘il farzandlarning bilim olishi birinchi o‘rinda bo‘lgan. Ushbu hayotiy pozitsiyaga sodiqlikni vaqtning o‘zi tasdiqladi", - deyishdi Karimov fondida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi