Sabrlilik – mashaqqatli damlarda bandani Alloh taolo yordamiga erishtiradigan go‘zal fazilat. Eng og‘ir musibatlarga chidash, haqni himoya qilish, Yaratganning buyruqlariga bo‘ysunish, nafsga xush, din va aqlga noxush keladigan narsalardan tiyilish, har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish, juda qiyin ishlarning uddasidan chiqish faqat sabr bilan mumkin.
Nafsini sabr va sabotga odatlantirgan kishi hamisha xotirjam bo‘ladi. Boshiga ish tushsa, o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, qiyinchilikdan chiqish yo‘lini qidiradi. Chunki hayotda hamma narsa doimiy o‘zgarishda ekanini, ne’matlaru yo‘qchilik ham, quvonchu qayg‘u ham kelib-ketguvchiligini, odam bir xil holatda turavermasligini, umr sinovlardan iboratligini yaxshi biladi.
Qur’onga bog‘langan mo‘min har qanday holatda sabrli inson demakdir. Bardosh talab etadigan hech bir narsada shoshqaloqlik qilmaydi. Ishlarida vazminlik, me’yorga amal qiladi. Zarur o‘rinda nafsiga, istaklariga hokim bo‘ladi. Dunyo hayotidagi qiyinchiliklarni tabiiy qabul qilib, ularga sabr etganidek, oxirat yaxshiliklariga yetkazadigan amallarni qilishda ham sabot ko‘rsatadi.
Sabrning namoz va ro‘za bilan bog‘lanishi ham bejiz emas. Butun umr har kuni besh mahal namoz o‘qish katta sabrni taqozo qiladi. Ramazon ro‘zasi ham shunday. Zero, insonning eng zaif tomoni yeyish-ichish ehtyoji va shahvatdir. Mo‘min ro‘za tutish asnosida ana shu istaklaridan sabr va sabot bilan tiyiladi.
Sobirlik bilan banda nafsga tobelikdan qutulib, ozodlikka erishadi. Ja’fari Sodiqning bunday degani rivoyat qilinadi: “Ozod odam har qanday holatda ham ozoddir. Boshiga musibat tushsa, sabr qiladi. Boshidan balolar yomg‘iri yog‘sa ham talvasaga tushmaydi. Biroq sabrsiz bo‘lsa, yengilliklar ham mashaqqatga aylanadi. Binobarin, Yusuf payg‘ambarning qul qilinishi, zindonband bo‘lishi ham hurligiga soya sololmadi. Zindon zulmati, boshiga kelgan boshqa balolar u zotga zarar berolmadi. Bir vaqt keldiki, Alloh taolo lutfi bilan hazrat Yusuf alayhissalom boshliq, u kishiga zulm ko‘rsatganlar esa xizmatchilariga aylandi. So‘ngra Alloh taolo u kishini payg‘ambar saylash bilan bir ummatga rahmat ko‘rsatdi. Bilingki, sabr ortidan yaxshilik keladi. Shunday ekan, sabr qiling, ajrini oling”.
Alloh taoloning go‘zal ismlaridan biri “Sabur” bo‘lib, o‘ta sabrli ma’nosini bildiradi. Shubhasiz, Alloh taoloning sabrini odamlarniki bilan solishtirib bo‘lmaydi. Rabbimiz bandalarining isyon va tug‘yonlarini o‘sha zahoti jazolamaydi, hisobni oxiratga qoldirib, ularga ne’matlarini berishda davom etadi.
Manba: irfon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi