Organizmda D vitaminining miqdori yurak va tomirlar sog‘lom bo‘lishi va uzoq vaqt zo‘riqishlarga chidamli bo‘lish imkoniyatiga ta’sir qiluvchi eng kuchli omillardan biri ekanligi aniqlandi. Bunday xulosaga EJPC nashrida maqola chop etgan kardiologlar kelishgan.
“Tadqiqotimizning ko‘rsatishicha, organizmda D vitaminining katta miqdorda bo‘lishi yuqoriroq chidamlilik bilan bog‘langan. Bundan tashqari, u suyak va yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatishini hamma yaxshi biladi. Shu sababli oziqaviy qo‘shimchalar qo‘llab yoki shunchaki quyoshda yurib, uning miqdorini ushlab turish kerak”, deb aytgan Virjiniya universitetidan Amr Maravan.
Baliq yog‘i va D vitamini olimlar avval bilmagan ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Misol uchun, olimlar D vitamini infarktdan o‘lish ehtimolini kamaytirishi, sklerozning rivojlanishini sekinlashtirishini aniqlashgan.
Amerikalik molekulyar biologlar D vitamini organizm hujayralarini qarish va uning oqibatlari, jumladan saraton rivojlanishidan himoyalashda muhim rol o‘ynashini aniqlashgan. Ular katta miqdorda ushbu vitamin bilan boqilgan chuvalchanglarni kuzatib shunday xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, baliq yog‘i qand kasalligi va bir qator boshqa kasalliklarning rivojlanishidan himoya qiladi.
Olimlar D vitaminining yana bir ijobiy xususiyatini ochishgan. Aniqlanishicha, organizmda ushbu vitamindan qanchalik ko‘p bo‘lsa, yuklamalarni ko‘tarish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Biroq olimlarning ta’kidlashicha, yuqoridagi xulosalar baliq yog‘i va D vitamin bo‘lgan qo‘shimchalarni istalgan miqdorda iste’mol qilish mumkinligini anglatmaydi – ular organizmda me’yordan ko‘payib ketganda iste’mol qilinishidan olinadigan barcha “plyus”larni yo‘qqa chiqaruvchi jiddiy buzilishlar rivojlanishi mumkin. Kardiologlar yaqin istiqbolda D vitaminining chidamlilikni maksimal yaxshilovchi va shu bilan birga salbiy asoratlarga olib kelmaydigan optimal dozasini aniqlashmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi