
Ilm talabida yurgan do‘stlarim uchun ustozlarimdan eshitgan nasihatlarning eng muhimlaridan deb ko‘rganim 5 tasini taqdim qilaman:
1. Foydali, sizning jamiyatingizga kerak bo‘lgan ilmni oling – Qur’on ilmlari, tavhid, hanafiy fiqhi, arab tili, axloq-odob va boshqalar.
2. Fatvo bermang. O‘zingizdan yaxshirog‘iga yo‘llab yuboring.
3. Tortishishlar, birovlarni muhokama qilishlardan uzoq bo‘ling. Ko‘p ixtilof qiladigan bo‘lmang, ming yilda buyuk ulamolar munozaralarida hal bo‘lmagan masala mening qo‘limda hal bo‘ladi, deb xayol qilmang.
4. Ibodatni, ilmga amalni ko‘paytiring.
5. Oldingizga O‘zbekiston (yoki boshqa davlatdan bo‘lsangiz o‘sha davlat)da qanday ishlar qilmoqchiligingiz rejasini qo‘yib, shunga qarab mutaxassis bo‘ling - shar’iy ilmlar juda keng, ulamolar bir narsaning barchasini va barcha narsadan bir narsani ol, deydilar. Kim bo‘lmoqchiligingizni hozirdan bilsangiz, arab tili o‘qituvchisimi, imommi, diniy jurnalistmi, usuliymi yoki boshqa narsa, boshidan shunga tayyorlanib borasiz. Shunda albatta o‘sha sohada kerakli bo‘lasiz inshaalloh.
Alloh barchamizga foydali ilm bersin!
Mahmud USMON
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar