Ba’zida biz bilan ro‘y berayotgan turli muammolar sababli hayotimizdan noliymiz, odamlarga hasrat nadomatlarimizni to‘kib sochib, ularni ham o‘z dardimizga sherik qilmoqchi bo‘lamiz. Lekin bilmaymizki, o‘zimizga qo‘shib butun olamni tushkunlikka tushirib qo‘yib, nimaga erishmoqchi bo‘lamiz? Buni o‘zimiz ham tushunmaymiz. Balki, dard-hasrat qilaversak, o‘xshamayotgan ishlarimiz o‘xshab ketar deb o‘ylaymizmi, bilmadim...
Mening fikrimcha, bu katta xato. “Pashshadan fil yasamang” deyishadi-ku, xuddi shunga o‘xshab, rejadagi ishlarimiz biroz o‘xshamay qolsa ham dod faryod ko‘tarish nafaqat o‘zimizga zarar, balki yaqinlarimizning ham ruhiyatiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, oddiygina pishirgan ovqatingiz bugun o‘xshamay qoldi yoki sal tuzi sho‘rroq chiqdi, nima, shunga farzandlaringiz, jufti halolingiz, barcha qo‘ni- qo‘shnilaringizga diydiyo qilib chiqishingiz shartmi?
Yoki bo‘lmasa, bozordan sotib olmoqchi bo‘lgan ko‘ylagingizga biroz pulingiz yetmasa, men kambag‘alman, umuman yangi ko‘ylak kiymaganimga ancha bo‘ldi, hatto shuni olishga ham pulim yo‘q, - deb hammaga ovoza qilishingiz-chi? Eee qo‘yingeye axir jahonda bir burda nonga zor, kunini bir amallab o‘tkazayotgan kishilar nima desin unda?
Butun tanasi shollikka chalingan, taniqli da’vatchi Abdulloh Banimi’a o‘zining nuqsoni haqida o‘ylab, shunday degan ekan:- Odamlarning orasida ahvoli menikidan ko‘ra og‘irroq biron kimsa topilmasa kerak. Chunki uning boshidan boshqa barcha a’zolari falaj edi. Kunlarning birida ustozlaridan biri:- "Yur men bilan, senga sendanda yomonroq ahvoldagi bir kishini ko‘rsataman", debdi va Abdulloh Banimi’ani bir joyga olib borib, xuddi u kabi bir shol odamni ko‘rsatdi.
Lekin u Abdulloh Banimi’adan ham og‘irroq ahvolda edi. Chunki u sholligidan tashqari eshitmas va gapirolmasdi. Tasavvur qiling-a, umuman qimirlamaydi, eshitmaydi va gapirmaydi. Shu shol odam bilan insonni yig‘latadigan, mudhish bir voqea sodir bo‘lgan ekan.
Bir kuni yaqinlari shu odamdan xabar olgani kirsa, uning kiyimi qon ekan. U esa jim yig‘lab yotardi. Qarashsa, ikki barmog‘i kesilgan.
- Ajabo, nima bo‘ldi bunga? Qanday qilib barmog‘i kesilgan, deb juda hayratda qolishgan ekan.
Bilishsaki, uning barmoqlarini sichqon yegan. U esa eshitmaydi, harakatlana olmaydi, birovni yordamga ham chaqirolmaydi. Sichqon kirib, bemalol uning barmoqlarini yeb bitiribdi. U esa alamdan ko‘z yosh to‘kib, barmoqlariga tikilgancha jim yotaveribdi.
Men shu qisqagina voqeani bir misol tariqasida yozib keltirdim. Bu risolani o‘qigan inson menimcha, chuqur nafas olib, shukronalar keltirsa ajab emas!
Sizdachi? Cizda qanday muammo bor? Sizning-chi?! Sizning oyoqlaringiz, barmoqlaringiz soppa-sog‘, butun tanangizni ishlata olasiz, gapira olasiz, eshita olasiz, barcha ne’mat bor sizda! Ha, ha sizda birgina kamchilik bo‘lishi mumkin, u ham bo‘lsa shukr qila olmaslik, boriga qanoat qilib yashay olmaslik.
Hayotimizda shunday insonlar borki, ular kichkinagina bir narsadan ham xursandchilik yasab, o‘zini ham, yaqinlarini ham ko‘nglini xushnud qilib yuradi. Bunday insonlarning hayotida ham turli burilishlar bo‘ladi albatta. Ularning ham ko‘nglida dardi, hasrati bo‘lishi mumkin. Ammo ular dardini doston qilib, o‘zini birovlarga ehtiyojmand qilib ko‘rsatavermaydilar...
Men doimo tushkunlikka tushgan paytimda yoki bo‘lmasa kimdandir qattiq xafa bo‘lib qolsam, mendanda yomonroq ahvolda yurgan odamlar haqida o‘ylaydigan bo‘ldim. Masalan, ko‘chada ketayotganimizda ko‘pincha usti boshi yirtiq, ko‘cha yuzidan baklashka yig‘ib yurgan odamni ko‘rib qolamiz. Lekin be’tibor o‘tib ketamiz. Agar o‘ylab ko‘rsangiz siz shu bugungi kuningizga shukr keltirasiz. Chunki siz bunday ahvolda emassiz! Yoki uning o‘rnida emassiz! Ammo ular ham o‘z hayotidan, o‘z ishidan va kunidan rozi...Nega deysizmi? Chunki, ular o‘g‘rilik yoki bo‘lmasa birovni o‘ldirib jinoyat qilib emas, oddiy baklashka terib yursayam, halol mehnat qilib kun kechirmoqda. Lekin bir narsani unutmasligimiz kerak deb o‘ylayman! Bu hayotda kim bo‘lishimiz baklashka teruvchimi, uchuvchimi yoki biron mansabdor shaxsmi bu - o‘zimizning mehnatimiz, harakatimizga bog‘liq!!!
Tushkun ahvoldamisiz? Kimdir sizni xafa qilib qo‘ydimi? Dilingiz og‘riyaptimi? Yoki ishlaringiz baroridan kelmayaptimi? O‘ylagan narsangiz amalga oshmadimi? Unda shu sehrli so‘zlarni takrorlang, shu zahoti hammasi yaxshiligini his etasiz:
- Axir bu hayotda ahvoli menikidan-da og‘irroq insonlar ham bor-ku!!!
Maftuna Mirzaxo‘jayeva
Toshkent davlat milliy raqs
va xoreografiya oliy maktabi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Toshkent davlat milliy raqs
va xoreografiya oliy maktabi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”