12:10 / 12.11.2018
5 677

Bill Geytsning dunyo haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirgan 4 kitob

Bill Geytsning dunyo haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirgan 4 kitob
Dunyoning 2-raqamli eng badavlat odami, Microsoft asoschisi Bill Geyts uning dunyo haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirgan 4 kitob haqida so‘zlab berdi. U o‘z blogida yuzlab qiziqarli kitoblar haqida ko‘plab marta so‘zlab bergan, biroq aynan shu 4 kitob uni fikrlarini o‘zgartirishga majbur qilgan.

Bu kitoblar: “Energiya va sivilizatsiya: tarix”, "Bugungi kundagi ta’lim”, “Faktologiklik: olam haqida xato fikr qilishimizning 10 ta sababi va barchasi o‘ylaganimizdan yaxshiroq ekanligi haqida”, “Sapiens: Insoniyatning qisqa tarixi”.

Geyts ushbu kitoblar orasida 1-o‘ringa professor Vatslav Smilning “Energiya va sivilizatsiya: tarix” kitobini qo‘ygan. Bu kitobda iqtisodiyotning energiya iste’moli bilan bog‘liqliqda o‘sishi ko‘rib chiqilgan. Geytsning ta’kidlashicha, u Smilning 2017 yilgacha chop etilgan barcha 36 ta asarini o‘qib chiqqan.

2-o‘ringa Garvard universiteti professori Stiven Pinkerning "Bugungi kundagi ta’lim” asari qo‘yilgan. Bu kitobda insoniyat taraqqiyoti haqida so‘zlangan va sog‘liq, farovonlik, xavfsizlik, bilim va baxt ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratilgan. Geytsning ta’kidlashicha, bu kitob nafaqat uning eng sevimli asari, balki professor yozgan asarlardan eng yaxshisidir.

Microsoft asoschisi 3-o‘ringa statistika va sog‘liqni saqlash bo‘yicha shvetsiyalik mutaxassis Xans Roslingning “Faktologiklik: olam haqida xato fikr qilishimizning 10 ta sababi va barchasi o‘ylaganimizdan yaxshiroq ekanligi haqida” kitobini qo‘ygan. Bu kitobda dunyoqarash stereotiplari va buning sabablari haqida so‘zlangan. Milliarder bu kitobni o‘z hayotining yangi bosqichiga qadam qo‘yadigan bitiruvchilarga tanishib chiqishni ayniqsa tavsiya qiladi.

Geyts alohida ta’kidlab o‘tgan 4-kitob isroillik tarixchi Yuval Noy Xararining “Sapiens: Insoniyatning qisqa tarixi” asari bo‘lib, milliarder uni o‘qib chiqib, inson, baxt va bizni o‘ziga xos qiluvchi jihatlar haqida fikr yurita boshlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bill Geytsning dunyo haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirgan 4 kitob