Rangpar libosdagi ayol va yigirilgan roʻdapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jurʼatsizgina kirib keldilar.
Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan deya ensasini qotirdi.
– Biz rektor bilan koʻrishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.
– U kun boʻyi band boʻladi, – dedi kotiba achchiqlanib.
– Mayli, biz kutamiz, – javob qildi ayol.
Kotiba ularni toʻrt soatcha yolgʻiz qoldirdi. U er-xotinning toqati toq boʻlib qaytib ketishlarini istardi. Yoʻq, ular ketishmadi. Kotibaning esa jahli chiqdi. Ahmoqona ish deb bilsa-da, rektorni bezovta qilishga qaror qildi.
– Ehtimol, siz bir necha daqiqa ular bilan koʻrishsangiz, balki qaytib ketishar, – dedi u rektorga.
Rektor chuqur xoʻrsindi va rozi boʻlganligining alomati sifatida boshini qimirlatib qoʻydi. Muhim shaxs boʻlganligi sababli unda har kim bilan ham uzoq suhbatlashish uchun vaqt topilmas edi. U qabulxonasining koʻrkini buzayotgan rangpar libos va yigirilgan kostyumdan ijirgʻandi. Rektor keskin yuzlandi va savlat bilan er-xotin tomon qadam tashlab, ularning yoniga keldi.
– Bizning Garvardda birinchi kursda oʻqiydigan oʻgʻlimiz bor edi. U Garvardni sevardi. Bu yerda baxtiyor edi. Lekin, bir yil oldin u tasodifan oʻldirildi. Men va erim uning xotirasiga kampusning biror yerida yodgorlik barpo etmoqchimiz, – dedi ayol.
– Madam, – dedi rektor qoʻrs ohangda, – Biz Garvardda oʻqib, vafot etgan har bir kishi uchun haykal qoʻya olmaymiz. Agar shunday qilganimizda, bu yer qabristonga oʻxshab qolgan boʻlar edi.
– Oh, yoʻq, – dedi ayol va tezda tushuntirdi, – Biz haykal qoʻymoqchi emasmiz. Biz Garvard uchun yangi bino qurib bermoqchi edik.
Rektorning ensasi qota boshladi. U yana oʻsha rangpar ayollar libosi va aftoda kostyumga nazar soldi va xitob qildi:
– Bino?! Bilasizmi oʻzi bino qurish uchun qancha kerak? Garvarddagi binolarimiz yetti yarim million dollardan ortiqroq turadi!
Ayol bir muddat sukut saqladi. Rektorning yuzida mamnuniyat alomatlari balqidi. Ehtimol, endi ulardan qutular.
Shunda ayol eriga yuzlandi va sekingina dedi:
– Universitet qurish uchun bor yoʻgʻi shuncha pul kifoyami? Unda nega oʻz universitetimizni qura qolmaymiz?
Eri boshini silkitdi.
Rektorning afti xijolatdan sullayib qoldi. Mister hamda Missis Liland Stenford oʻrinlaridan turishdi va chiqib ketishdi. Ular Palo Altoga, Kaliforniyaga safar uyushtirdilar va oʻsha yerda Garvard qadriga yetmagan oʻgʻillari uchun yodgorlik oʻlaroq yangi ilm dargohi – Stenford universitetiga asos soldilar.
Muslim Buxoriy tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”