18:04 / 21.11.2018
4 238

Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishning bor-yoʻgʻi 5 foizini bajarishadi

Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishning bor-yoʻgʻi 5 foizini bajarishadi
Tadbirkorlar kimgadir topshirish mumkin boʻlgan kichik vazifalarga oʻz diqqatlarini qaratganlarida haqiqatan ham muhim narsalar bilan shugʻullanishga ulgurmaydi. Agar daromadli biznesni sinab koʻrishni istasangiz, majburiyatlar va ish vaqtini taqsimlash qoidalari haqida unutmang.

Ishning 5 foizini bajaring

Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishning bor-yoʻgʻi besh foizini bajaradilar. Biroq hammasi uning aynan qanday ish ekaniga bogʻliq.

Bill Geyts Microsoft bosh ofisidagi hojatxonalarni yuvishi yoki Ilon Maskning Teslaʻni qoʻlda yigʻayotganini tasavvur qilib koʻring. Albatta, bu ahmoqona tuyuladi – bu ularning vaqti va isteʼdodini bekorga sarflashdir.

Siz kompaniya rulidasiz. Faqat siz eplaydigan yuqori darajali moliyaviy va marketing vazifalari bor. Ular daromadning asosiy qismini olib keladi. Aynan shu sizning besh foizingizni tashkil etadi. Oʻylab koʻring-a: endi cheksiz vazifalar roʻyxati haqida qaygʻurishingiz kerak emas. Ishingiz tobora olgʻa siljiydi!

Oʻzingizga savol bering: “Ishning qaysi besh foiziga diqqatimni qaratishim lozim?” Buni tushunishingiz bilan keyingi qadam – maksimal darajada samarali ishlash masalasiga oydinlik kiritish.

Oʻylash uchun vaqt ajrating

Miyangizga gʻaroyib fikr keldimi? Endi esa kimdir chalgʻitgani uchun u haqida unutdingizmi?

Bu sizni xafa qiladi va har qanday ish muhitida sodir boʻladi. Muloqot biznesingizning muvaffaqiyati uchun juda muhim. Biroq oʻzingizning besh foizingiz ustida ishlash uchun shaxsiy vaqtingiz va aqliy quvvatingizni himoya qilishni oʻrganishingiz lozim.

Shuning uchun kundalik jadvalingizdan fikrlaringiz bilan yolgʻiz qolish uchun vaqt ajratish zarur. Bu vaqtda eng muhim ishlarni bajarish lozim. Bu vaqtda sizni hech kim va hech narsa chalgʻita olmaydi. Kechki payt 3-4 ta vazifani ajrating va ushbu daqiqalarda ularni bajaring.

Bunday odat sizga kamida ikki soatlik toʻxtovsiz ish uchun quvvat beradi. Kuch eng koʻp boʻlgan vaqtni tanlang.

Qolgan 95 foiz nima boʻladi?

Siz allaqachon vaqtingizni foydali sarfladingiz. Biroq qolgan ishlarni nima qilish kerak? Bu yerda oʻyinga malakali mutaxassislar aralashadi.

Oʻzining “Ye haqidagi afsona” kitobida Maykl Gerber magʻlubiyat yoqasidagi nonvoyxona egasi haqidagi hikoyani soʻzlaydi. Bunday muvaffaqiyatsizlikning sabablaridan biri – ayolning ishga mos keluvchi xodimlarni yollay olmaganidir. Dastlab, u moliyani kuzatishi kerak boʻlgan hisobchini ishga oladi.

Bari yaxshi edi. U kelgach, biznes tez rivojlanib ketadi. Biroq vaqt oʻtgach, u barcha vazifalar uchun javob berishni boshladi. Ishning katta qismi uchun qimmatli vaqtini sarflardi. Natijada hisobchi ishdan ketdi. Biznes egasi yana bir oʻzi qoldi.

Jamoangizning oʻzi uchun atalgan vaqti boʻlishi kerak. Ular ham ishning besh foiziga oʻz eʼtiborlarini qaratishlari zarur. Ideal koʻrinishda birgina koʻnikmaga ixtisoslashgan xodimlarni ishga olish lozim.

Tadbirkorlarda murakkablik uygʻotadigan yagona jihat – vazifalarni toʻgʻri taqsimlash. Ular bir vaqtning oʻzida barchasini nazorat qilishni istaydilar. Biroq qimmatli vaqtingizning barini sarflagandan koʻra vazifalarning bir qismini bajarish uchun haq toʻlagan daromadliroq. Oʻz jamoangizni oʻqitib-oʻrgating va ularga qolgan ishning 95 foizini ishonib topshiring.

Aynan ishonch vaqt va quvvatingizni tejaydi. Aynan quvvat innovatsion gʻoyalarni pulga aylantiradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muvaffaqiyatli tadbirkorlar ishning bor-yoʻgʻi 5 foizini bajarishadi