1. Qizim, Alloh senga munosib ko‘rganni sevib, qadriga yet. Ayol kishining eng katta xatosi – eri bilan boshqaning erini solishtirmog‘idir.
2. Qizim, shuni bilginki, kimlarnidir sening eringga ham havasi keladi. Eringning boshqalarda yo‘q yaxshi sifatlari ham borligini unutma!
3. Qizim, sahobiya ayollardan o‘rnak ol. Ular "Biz erlarimizga sizlar amirlaringga muomala qilganingizdek muomala qilamiz", der edilar.
4. Qizim, rashk bobida haddan oshmagin! Noo‘rin rashk – oila baxtiga raxna soluvchi va ortiqcha rashk taloqning kalitidir.
5. Qizim, aqlli ayol erining qalbidagi muhabbatni uyg‘ota oladi va eri nimalardan rozi bo‘lishi va nimalardan g‘azablanishini yaxshi biladi.
6. Qizim, eringni xobxonada o‘n yillik turmush o‘rtog‘im, deb bil. Hayotda esa unga o‘n kunlik kuyovga muomala qilgandek munosabatda bo‘l.
7. Qizim, ering uchun ziynatlanishni zinhor tark qilmagin! Eng yaxshi ziynat – surma va eng yaxshi atir suvdir.
8. Qizim, mana bu hadisni doim yodingda tut: «Qaysi ayol eri undan rozi bo‘lgan holda vafot topsa, jannatga kiradi». (Termiziy rivoyati)
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”