Taʼlim va mutaxassislik — avvalgidek bir martalik va butun umrga emas. Agar siz bir sohani tark etgan boʻlsangiz, yana shu yoʻnalishga yopishmang - ehtimol, uning davri oʻtayotgandir, siz esa mehnat bozoridagi raqobatbardoshligingizni yoʻqotayapsiz. Oʻtmishdagi bilimlar bilan kelajak bozorida kun koʻrib boʻlmaydi. Biroq nomzodlar koʻpincha yangi reallikni qabul qilishga va oʻz hayotlarida nimanidir oʻzgartirishga tayyor emaslar, deb yozadi Forbes tahlilchisi Inna Sumatoxina.
Koʻp bozorlarda tub oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Raqamlashtirishdan keyin mijozlar bilan ishlovchi menejerlar, treyderlar, brokerlar va boshqa qator mutaxassislarga boʻlgan talab keskin pasaymoqda. Kompaniyalar avtomatlashtirish mumkin boʻlgan barcha narsani avtomatlashtirmoqda. Bugunga kelib katta maʼlumotlarni tahlil qilish va mashina taʼlimi boʻyicha mutaxassislar, dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari mehnat bozoridagi eng talabgor kasblarga aylanmoqda.
Yangi texnologiyalar bozordagi eng talabgor kasblardan biri - sotuvlar boʻyicha menejer oʻz funksionalini oʻzgartiruvchi yangi kommunikatsion etiket yaratadi. Katta maʼlumotlarni tahlil qilayotib, mijozning xatti-harakatlarini - u nima xarid qiladi va qachon, taxminan qancha pul sarflaydi, internet orqali tovar buyurtma qiladimi yoki doʻkonga boradimi - oldindan taxmin qilish mumkin. Shu munosabat bilan yangi tovar va xizmatlarni quruq qoʻngʻiroqlar kabi targʻib qilishning bunday jihozi tobora oʻz dolzarbligini yoʻqotmoqda. Bugun undan eng konservativ tarmoqlar va tor doiralarda foydalanishmoqda.
Tajriba va bilimlari dolzarbligini yoʻqotayotganlar nima qilishi kerak va nima uchun oxirgi vaqtlarda umrbod taʼlim zarurati haqida bu qadar koʻp gapirilmoqda?
Har besh yilda oʻqing
Eng ilgʻor tarmoqlarda 1,5-2 yildan keyin bilimlarning yarmi raqobatbardoshlik jihatdan ustunligini yoʻqota boshlaydi. Bu ustuvorlikni yaratish uchun yangi bilimlarni oʻylab topish kerak. Biz umrbod bilim olishga mahkummiz. Inson qanday zoʻr oliygohni tugallagan boʻlmasin, vaqti-vaqti bilan bilimlarini yangilab turmasa, ular uzogʻi bilan besh yilga yetadi. Har bir nomzod, ayniqsa millionerlar va Z avlod vakili butun umri davomida oʻqishiga toʻgʻri kelishiga tayyor turishi kerak. Masalan, Yevropa mamlakatlarida anchadan beri uzluksiz taʼlim modellari mavjud, ular uch asosiy taʼlim davriga asoslanadi: 16-25 yosh, 30-55 yosh va 55 yoshdan keyin. Shvetsiyada katta yoshlilar va keksalarni chin maʼnoda oʻqib oʻrganishga majbur qilishadi. U yerda ijtimoiy ishchilarning majburiyatlaridan biri - oʻz taʼlimini davom ettirishga tayyor boʻlmagan yoki buni istamayotgan kishilar huzuriga “motivatsion tashriflar” amalga oshiriladi. Taʼlim tizimi butun umr davomida hamroh boʻluvchi Finlyandiyada ham taʼlimga munosabat shunday, u yerda kattalar taʼlimi bir necha turga boʻlinadi: rasmiy, norasmiy va erkin bepul. Bepul kurslar juda keng koʻlamda taklif qilinadi - xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, sanʼat va hunarmandchilikni oʻrganishdan to sport bilan shugʻullanishgacha.
Murakkab loyihalar ustida ishlang
Bugun yangi mahsulotlar va xizmatlar oʻz-oʻzidan servis hisoblanadi. Shu bois yakuniy isteʼmolchi va mahsulot ishlab chiqaruvchisi oʻrtasida vositachilar kerak emas. Mijozga real foyda keltiruvchi va bozor uchun qimmatli xizmatlar taklif qiluvchi kishilargina haqiqatda yaxshi pul ishlay olishadi. Masalan, 10-15 yil avval rekrutmentda koʻp agentliklar faol nomzodlar bilan ishlab, vakansiyalarni yopishgan. Oddiy qilib aytganda, ular ish beruvchilarning HeadHunter.ru saytiga kirib, nomzodlarni mustaqil izlashga erinishganidan foydalanishgan. Hozir esa buning oʻzi yetarli emas, zero mijozlar faol nomzodlarga oʻzlari ham bogʻlanishlari mumkin. Rekruterlar oʻzaro raqobatlashib, noyob xizmatlarni – passiv nomzodlarni izlash bilan shugʻllanishni taklif qilishi kerak. Tabiiyki, oʻzi haqida ochiq eʼlon qiladigan xodimlarni topish va jalb qilish qiyinroq. Biroq bu personal bilan ishlovchi mutaxassis uchun juda zarur boʻlgan koʻnikmadir.
Noyoblikni namoyon qiling
Baʼzi jamiyatlarda hanuz fundamental, akademik taʼlimsiz ish topish qiyinligiga doir stereotip bor. Biroq nomzodlar oʻzlarining ustuvor jihatlari haqida gapirayotib, bir necha diplomga ega ekanliklarini aytganda ular bilan suhabtlashish istagi yoʻqoladi. Oʻqish yoqimli, bu bilan hatto faxrlanish mumkin, lekin “diplom” yigʻish koʻpincha real professional hayotdan chekinishni, uning chaqiriqlariga javob berish istagining yoʻqligini bildiradi. Karyeradagi har qanday oʻzgarishlar inqilob emas, evolyutsion xarakterga ega boʻlishi kerak. Baʼzi ish izlovchilarning rezyumesiga koʻra, ular bir sohada muvaffaqiyatga erisha olmagach, yangi yoʻnalishda taʼlim olib, oʻzlarini avvalgidan uzoqroq sohada sinab koʻrishadi. Bugun qanday boʻlmasin, oliygohga kirish va nufuzli kasblardan birini egallashga hojat yoʻq. Universitetni tamomlash mutlaqo shart emas, zero butun dunyo noyob koʻnikmalarga ega boʻlish yoʻlidan ketmoqda. Neyrobiologiya, muqobil energetika, raqamli sanʼat — bularni albatta xorij oliy taʼlim muassasalarida oʻrganish mumkin. Biroq kompaniyalarda ham katta marralarni zabt etgan oʻz ishining ustalaridan yangi bilimlarni oʻrganish mumkin. Bundan tashqari, maxsus kurslar va treninglar ham yangi bilimlarni oʻzlashtirish uchun ayni muddaodir.
Faoliyat sohangizni oʻzgartiring
Ish beruvchilar “Bu pozitsiyaga bizga gumanitar fikrlovchi, unisiga esa texnik fikrlovchi kishi kerak”, deb aytmaydi. Ular oʻzida uni ham, buni ham jamlagan mutaxassislarni izlashmoqda. Bizning tajribamizda 2010 yilda Moskvadagi yetakchi OTMlardan birini “psixologiya oʻqituvchisi” ixtisosligi boʻyicha tamomlagan nomzod boʻlgan. U yirik kuryerlik kompaniyasining HR boʻlimida ishlagan va personalni tanlash, oʻqitish, moslashtirish va ishdan boʻshatish uchun javob bergan. Keyin kouchingda oʻz kuchini sinab koʻrgan. 2015 yilda esa IT sohasida ish boshlashga qaror qilgan va Bauman nomidagi MDTUning “Dasturiy injineriya” kafedrasiga oʻqishga kirgan. Hozirda bu ayol web-sohasida ishlaydi, loyihalashtirish va web –ilovalar yaratish bilan shugʻullanadi, web-saytlar va raqamli kontentni yaratish masalalari boʻyicha maslahat beradi. Uning boʻlgʻusi diplom ishi – tarmoqdagi ochiq maʼlumot yordamida mijozning raqamli va psixologik portretini tuzish. Bunday misollar u qadar koʻp emas, ammo yaqin kelajakda bunday nomzodlarga boʻlgan talab juda katta boʻladi.
Malakali, lekin kam maosh oluvchi mutaxassis kasbini oʻzgartirishiga toʻgʻri keladigan holatlar ham boʻladi. Men yirik bir muzey direktorini bilar edim, u karyerasini oʻzgartirib, animatorlikni oʻrgandi. Uning qarorini kutilmagan deb boʻlmaydi – ayol artistlik qobiliyatiga ega boʻlib, doim ijodiy sohada ishlashni istardi, bir soʻz bilan aytganda u sevimli ishiga kirishdi. Ehtimol, bu soʻnggi choradir, lekin mehnat bozori bunday shiddat bilan oʻzgarayotgan bir vaqtda hamma narsaga tayyor turish kerak.
Manba: Xabardor.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”