21:43 / 15.12.2018
4 458

Baxtli turmush istasak...

Baxtli turmush istasak...
Juftlar orasida kichik tortishuvlar bo‘lishi tabiiy hol. Bunday holni asabiylik bilan katta janjalga aylantirib yubormaslik muhim. Agar turmush o‘rtog‘ingiz asabiylashayotgan bo‘lsa, siz past keling. Ko‘ngilni sindiradigan, qaytarib olib bo‘lmaydigan so‘z va harakatlardan tiyiling!

Tortishuv asnosida “u baqiryapti-ku!” deya siz ham ovozingizni balandlatmang. Shovqin solish bilan hech nima hal bo‘lmaydi.

Agar tortishuvda albatta kimningdir yutishi kerak bo‘lsa, qo‘ying, juftingiz g‘alaba qozonsin. Oila hokimiyat uchun kurash maydoni emasligini unutmang!

Juftingizning o‘tmishda qilgan xatolarini takrorlab, eslatavermang. Bugungacha hech kim o‘tmishni orqaga qaytarolmagan va eski xatosini tuzatolmagan.

Nega turmush qurganingizni unutmang. Shodlik va qayg‘ularingizni bo‘lishish, hayotdan ikki karra ko‘proq zavq olish uchun oila qurgansiz, shunday emasmi?

Ishlaringiz yuzasidan turmush o‘rtog‘ingiz bilan maslahatlashmaydigan, uning fikri bilan qiziqmaydigan, buning o‘rniga do‘stu dugonalaringizga ko‘proq quloq soladigan bo‘lsangiz, bilingki, noto‘g‘ri yo‘ldasiz!

Kun davomida kamida bir marta juftingizga yaxshi gap ayting. Uning sizdan chiroyli so‘z eshitganida ko‘zlari sevinchdan porlashiga hech ahamiyat berganmisiz?

Xato qilsangiz, buni tan oling va uzr so‘rang. Xato qilish hayot tugadi degani emas. Asosiysi, adashganini qabul qila olish.

Oilaviy halovatning asosiy omillaridan biri, ko‘chadagi odamlar bilan munosabatda qanchalik nozik va kibor bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda buning yarmini oila ahlingizdan ayamasligingizdir!

Manba: Irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxtli turmush istasak...