Qish faslida sevib iste’mol qilinadigan mevalardan biri — mandarin. Ushbu mevani yeb ko‘rmasdan mazalisini tanlash mumkinmi?
Sifati yomon mandarinlarning belgisi
Do‘konga kelib aynan shu belgilarga e’tibor bering. Ana o‘shanda sifatsiz mahsulot xarid qilishning oldini olgan bo‘lasiz:
Mog‘or – bari kundek ravshan, mog‘or bosgan mandarinlarni sotib olish kerak emas.
Mandarin po‘stidagi chuqur chiziqlar va ezilishlar – bunday mandarinlarning ta’mi tezda o‘zgaradi.
O‘ta pishib ketgan meva – bu kabi mandarin qo‘l bilan ushlab ko‘rilganida yumshoq, po‘sti tezda archiladi. Ko‘pincha uning ichi suvsiz va qup-quruq bo‘ladi.
Agar mandarinlarni ularning bargiga qarab tanlasangiz, katta xato qilasiz. Mandarin barglari sarg‘aymaydi, ular doim yam-yashil. Shuningdek, mandarin sifatiga po‘stidagi mayda teshiklar, dog‘lar ta’sir qilmaydi.
Mandarinlarni tanlashda ularning tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish lozim. Po‘sti butun, qirilish va ezilishlarsiz bo‘lishi lozim. Mevaning o‘zi esa tarang va zich bo‘lishi kerak.
Bir yeyishda qancha mandarin iste’mol qilish mumkin?
Kun davomida katta odamga 6-7 ta meva iste’mol qilish tavsiya etiladi. Agar sizda allergiyaga moyillik bo‘lsa, yaxshisi 1-2 dona bilan cheklangan ma’qul.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”