Xalqimizda “yaxshilik qilgan kishiga qaytadi” degan ibora bo‘lib, bu bejiz aytilmagan. Chunki Yaratgan Robbimiz o‘zining kalomida: “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir” degan. Tafsirchi olimlarimiz “yaxshilikning mukofoti faqat jannatdir” deb tafsir qilganlar.
Hikoya qilinishicha, Muso alayhissalomga bir ummat ko‘rsatildi. Shunda Muso alayhissalom Allohga: “Ey Robbim, menga shunday ummatni ko‘rsatdingki, u ummat bir yaxshilikni niyat qilsa, garchi uni amalga oshirolmasada, lekin sendan unga o‘nta yaxshilik qaytarkan, qanday ham baxtli ummat ekan. Ularni menga ummat qilib bergin” dedi. Shunda Alloh taolo: “Ularni sendan keyin keladigan oxir zamon payg‘ambari bo‘ladigan Muhammad alayhissalomga ummat qilib berdim”, dedi. Muso alayhissalom: “Qaniydi, meni oxir zamon payg‘ambariga ummat qilganingda”, deya orzu qilganlari aytiladi.
Haqiqatan, yaxshilik qilgan insonga yaxshilik qaytadi. Yaxshilik ulashuvchi inson qilgan yaxshiligi samarasini nafaqat hayotda, balki oxiratda ham ko‘rishi manbalarda zikr etilgan. Bo‘lmasa, bir o‘ylab ko‘ring, Muso alayhissalomdek payg‘ambar nega payg‘ambar bo‘lishdan ko‘ra ummatlikni afzal ko‘rdi ekan-a?!
Afsuski, oramizda hali ham qo‘lidan keladigan, imkoniyat va fursati bo‘la turib boshqalardan ozgina yaxshiligini ayaydiganlar bor. Biroq o‘ylab ko‘ring, axir ota-bobolarimiz “o‘ng qo‘ling berganni, chap qo‘ling bilmasin” degan hikmatli so‘zlari ila hatto yaxshilikni oshkora emas, balki yashirincha qilishga targ‘ib qilganlarida qanday maqsadlarni his qilgan deb o‘ylaysiz?!
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Doimo yaxshilik qiling, agar yaxshilik qo‘lingizdan kelmasa, unda yomonlik qilmang. Shuni o‘zi siz uchun yaxshilikdir” deganlar. Shunday ekan, Alloh barchamizni yaxshilik ulashuvchilardan bo‘lishga muvaffaq qilsin.
Sayfiddin MANSUROV
Rishton tumani «Sano»
masjidi imom–xatibi
Rishton tumani «Sano»
masjidi imom–xatibi
Manba: O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi