Bir kuni saxovati bilan tanilgan Umar ibn Ubaydulloh yo‘lda ketayotib, bir bog‘ning yonidan o‘tdi. Bog‘ning devori yonida bir qul bola ovqat yeb o‘tirar edi. Shu payt uning yoniga bir it keldi. Bola o‘zi bir luqma yesa, itga ham bir luqma berar edi. Buni ko‘rgan Umar ibn Ubaydulloh: “Bu sening itingmi?” dedi. Bola: “Yo‘q”, dedi. Umar: “Unda nega ovqatingga uni sherik qilyapsan?” degan edi, bola: “O‘zim yeb, unga bermayotganim ko‘rib qolishlaridan uyalaman”, dedi. Bolaning javobidan lol qolgan Umar: “Sen hurmisan yoki qulmi?” dedi. Bola: “Men shu bog‘ egasining quliman”, dedi.
Umar jo‘nab ketib, bir ozdan keyin qaytib keldi-da, “Suyunchi ber, Alloh seni ozod qildi. Bu bog‘ endi seniki bo‘ldi”, dedi. Bola xursand bo‘lib, “Guvoh bo‘ling, bu bog‘ning hosilini shu shahardagi kambag‘allarga atadim”, dedi. Bolaning himmatiga qoyil qolgan Umar: “Meni hayron qoldirding. O‘zing muhtoj, kambag‘al bo‘la turib, shunday qilasanmi?” dedi. Shunda bola iymon va ishonch bilan: “Alloh menga saxiylik qilib turganda men baxillik qilishdan uyalaman” deb javob berdi.
Ana sizga saxovatning, rozilik va qanoatning cho‘qqisi!
Alloh barchamizning qalbimizga rozilik nuri va iymon halovatini, jismimizga ofiyat, qulog‘imizga Qur’on eshitish rohatini, tilimizga Allohning zikrini joylasin!
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi