21:50 / 24.12.2018
5 142

Dushmaningiz yo‘qmi, demak siz omadsiz insonsiz

Dushmaningiz yo‘qmi, demak siz omadsiz insonsiz
Ba’zi musibatlar aslida ne’mat ekanini o‘ylar ekanman, Ollohning noyob iste’dodi oldida bosh egaman. Yaratgan O‘z bandalarining savob ish qilishini ulardan ko‘proq istaydi. Har qadamda ular uchun savob ishlash yo‘llarini ochib beradi.

Hozir buni sizga sanab beraman: dushmaningiz hasad qilsa, sizga savob yoziladi, dushman haqorat qilsa, sizga albatta savob yoziladi, dushman sizni birortasiga yomonlasa, bunda ham sizga savob yoziladi, dushman sizni g‘iybat yo tuhmat qilsa, barchasida sizga savob yozilaveradi.

Qarang, Olloh sizni qanchalar avaylayapti. Harakat qilmasdan shuncha savob topyapsiz. Demak dushmandan xafa bo‘lavermasdan uni qadrlab ham turish kerak. Yon-atrofga e’tiborsiz gerdayib yurishimizning oldini oladigan omillardan biri o‘zganing adovatidir. Adovat sabab atrofga, oyoq ostimizga qaraymiz, balki bunga majbur bo‘lamiz.

Dushman bizni kibr balosidan qutulishimizga sabab bo‘lyapti. Dushman bizga birovning dilini og‘ritish naqadar ayanchli ekanini ko‘rsatyapti. Dushman sabab o‘zgalarga ozor berish gunohidan chetlanishimiz mumkin. Demak, dushmaningiz qancha ko‘pligiga qarab o‘zingizni omadli desangiz bo‘ladi.
Zahiriddin Mansur

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dushmaningiz yo‘qmi, demak siz omadsiz insonsiz