
Meni ijtimoiy tarmoqda eng charchatgan narsalar:
1. Tartibli ilmdan uzoqlashish va shuning natijasida paydo bo‘layotgan bo‘lmag‘ur bahslar (muhimi, bu tortishuvlarda hech kimning yengganini ko‘rmadim hali);
2. Tarafkashlik (katta muammolarni gapirishning foydasi bormikin, shu arzimagan masalada sharmandalik ko‘rinish zohir);
3. Guruhbozlik (maydalashishning yana bir xunuk ifodasi);
4. Osmoniy so‘zlardan manfaat yo‘lida foydalanish (insonmiz-ku deyishimiz mumkindir, ammo baribir bu gap oqlab bermaydi bizni);
5. Tortishuvda yengish uchun hadis izlash (qidirish tugmasi ham sezadi qizarayotgan yuzni);
6. Alloh asrasin, shu maqsad yo‘lida hatto oyat izlash (odam o‘lgani yaxshi shu ishni qilganidan!);
7. Qilgan amalini ro‘kach qilaverish (banda aslida hech kim);
8. O‘tmish bilan yashab qolish va o‘sha o‘tmishni yuzga solaverish (orqaga qarayvergan odam bexosdan chuqurga tushib ketadi);
9. Xolislikni o‘zini qo‘llovchilardagina ko‘rish (qiyin, juda qiyin bu illatdan qutulmoq, ammo qutulmoq kerak, shunisi aniq);
10. Samimiyatdan uzoq xulosalar (bobomni sog‘indim);
Ko‘pi o‘zimda uchragani uchunmi, mazkur qusurlarni darrov ilg‘ayman, meni alday olmaysizlar, uzr!
Xayrulla Hamidov
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar