12:06 / 29.12.2018
5 890

Assiriya imperiyasining o‘zboshimcha kanizaklari haqida

Assiriya imperiyasining o‘zboshimcha kanizaklari haqida
Eramizdan avvalgi ikki ming yillikda taraqqiy etgan Assiriya imperiyasi saroyidagi kanizaklar o‘zlarining o‘zboshimchaliklari, yuzsizlik va shallaqiligi bilan podsholar g‘azabini keltirgan. Tarixiy ma’lumotlarda yozilishicha, saroydagi kanizaklar shu darajada haddilaridan oshganki, oqibatda bir-biri bilan xuddi erkaklar kabi mushtlashgani, bir-birini qonga bo‘yagani yetmay, xudolar nomlarini tilga olgan holda raqibalarini haqoratlashgan. Oxiri bu boshboshdoqliklar Assiriya podshosi Ninurta-apil-Egurening qulog‘iga yetgan. Shoh xudolarga e’tiqodi kuchli, taqvodor edi. Azbaroyi g‘azabga to‘lganidan farmon e’lon qildi. Bunga ko‘ra, xudolar nomini tilga olib bir-birini haqoratlagan, umuman, haramda mushtlashuv uyushtirgan kanizaklar 30 darra kaltak jazosiga mahkum qilinishi lozim edi. Bundan tashqari, basharti o‘sha kanizak Ashshura xudosining nomi bilan boshqa birovni haqoratlasa, shoh qo‘riqchilari o‘sha yerning o‘zida kanizakni so‘yib tashlash huquqiga ega bo‘ldi.

Ninurta-apil-Ekurening shogirdi va undan keyin Assiriya taxtini egallagan shoh Ashshur-dan esa o‘z xotinlariga saroy qoidalarini buzgan kanizaklarni 30 darra kaltak orqali jazolash uchun izn berib qo‘ydi. Faqat bir sharti bor edi. Mabodo xotinlaridan kimdir xizmatkor yoki kanizakni kaltaklab o‘ldirib qo‘ysa, uning o‘zi podshoh tarafidan shafqatsiz jazoga tortilardi.

Agar jazolangan xizmatkor yoki kanizak xatosini ikkinchi marta takrorlasa, xotiniga yangi xizmatkor yoki kanizak tayin etilgan. Aybdor xizmatkor esa izsiz g‘oyib bo‘lgan.

Assiriyaning yana bir podshosi Tukulti-apal-Esharra ko‘p umrini yurishlar, o‘zga davlatlarni bosib olishlar bilan o‘tkazgan. Saroyda kamdan-kam hollarda yashab qolar, shunda ham nari borsa bir-ikki oydan ortiq yashamasdi. Yana jangga otlanardi. Bu «erkinlik»dan foydalangan haramdagi kanizaklar o‘ziga yetguncha haddilaridan oshib ketishdi. Ular saroydagi erkak xizmatkor, qul, harbiylar bilan ishqiy sarguzashtlar uyushtirishdan ham tiyila olmaydigan darajaga yetishdi. Shunda shoh alohida farmon e’lon qildi. Farmonga asosan saroy kanizagi bilan suhbatlashgan erkak kim bo‘lishidan qat’i nazar suhbatdosh ayoldan yetti qadam narida turishi shart edi. Saroydagi erkak xizmatkor, askar va ofitserlar 100 tagacha darra kaltak jazosi bilan jazolangan. Ko‘pchiligi bu kaltaklardan keyin albatta o‘lim topgan.

«Yevnux»lar, aniqrog‘i, bichilgan erkak qullar saroy kanizaklarining suhbatlari, janjallariga pana-pastqamdan turib quloq tutsa-yu, qo‘lga tushsa, yuz darra kaltak jazosiga hukm etilishdan tashqari, quloqlari kesib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, Assiriya davlati eramizdan avvalgi ikki ming yillikda gullab-yashnagan. Shohlar Yaqin Sharq davlatlari, jumladan, Iroq, Suriya, Misr, qadimiy Mesopotamiya, va hokazolarni bosib olib, o‘z davlatini yirik imperiyaga aylantirgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Assiriya imperiyasining o‘zboshimcha kanizaklari haqida