23:12 / 29.12.2018
4 488

O‘tgan ish o‘tdi

O‘tgan ish o‘tdi
O‘tgan ishni eslab, uning ta’siriga tushish, uni xotirlash hamda fojialarga xafa bo‘lish ahmoqlik va telbalikdur. Shuningdek, irodani sindirish va hozirgi hayotni sovurish hamdir. Aqlli kishilar nazdida o‘tgan ishlar yashirin tutiladi, og‘izdan-og‘izga ko‘chirilmaydi. U doimiy unutish zindoniga qulflanib, beparvolik qamoqxonasiga mustahkam arqon bilan chandib tashlanadi. U hech qachon chiqarib yuborilmaydi. Zindon yorug‘lik ko‘rinmaydigan darajada yopiladi.

Bu ishlar endi o‘tib ketdi va tugadi. O‘kinish uni qaytarmaydi, g‘am o‘nglamaydi, qiyinchilik tiriltirmaydi. Chunki ular yo‘q bo‘lib ketdi. Siz o‘tgan zamon bosinqirashida, uning yo‘q bo‘lib ketgan soyasi ostida yashamang. Ruhiyatingizni o‘tmish xayolotidan saqlang. Nima, sizningcha, suv anhor boshlangan joyiga qaytib ketadimi, quyosh chiqqan joyiga botadimi, bola ona qorniga, sut ko‘krakka va ko‘z yoshi ko‘zga qaytadimi? Qaytmaydi! Demak, o‘tgan zamonga qayg‘urishingiz, undan bezovta bo‘lib, yondirib qul qiluvchi olovida kuyishingiz, ostonasiga qulashingiz qo‘rqinchli va dahshatli ishdir.

O‘tgan zamon daftarini o‘qishingiz bugungi kuningizning yo‘q bo‘lishi, xatti-harakatlaringiz parchalanib, hozirgi voqeligingizni barbod qilishdir. Alloh taolo o‘tgan ummat va ularning qilgan ishlarini eslatganidan keyin ketidan bunday degan: "Ular o‘tib ketgan ummat(lar)dir...". Ish tugab, o‘tib bo‘lgan, zamon jasadini yorib ko‘rish va tarix g‘ildiragini orqaga qaytarishdan foyda yo‘q.

O‘tib ketgan ishga qaytmoqchi bo‘lgan odam xuddi unni yana tegirmonda chiqaraman yoki arralangan o‘tin qipig‘ini qaytadan arralayman degan odamga o‘xshaydi. Qadimda o‘tganlarga yig‘lovchi kishiga “Yig‘laganing bilan o‘liklar go‘ridan chiqib kelmaydi“, deyishgan.

Eshakka: "Nima uchun seni yetaklashganida tisarilmaysan?" deyishsa, u: "Yolg‘onni yomon ko‘raman", degan ekan. Ha, u haqiqatni tan olib, may o‘tmish bilan mashg‘ul bo‘lamiz va tuzatishimiz kerak bo‘lgan kamchiliklarimizga parvo qilmaymiz. Agar inson va jinlar to‘planishib, o‘tmishni qaytarishga urinsalar ham, aslo uni qaytara olishmaydi. Zero, bu bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ishdir.

Orqaga qaralmaydi. Shamol ham oldinga esadi, suv ham oldinga qarab oqadi, karvon ham oldinga qarab yuradi. Siz hayot qonuniga teskari ish qilmang.
"O‘kinma" kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘tgan ish o‘tdi