14:15 / 31.12.2018
6 107

Men nechun yig‘ladim?..

Men nechun yig‘ladim?..
Assalomu alaykum va rahmatullohi ta’ala va barokatuh.

Mazasi bo‘lmay hamma joyi og‘rib tursa ham - Men yaxshiman bolam, xavotir olmagin deydigan onamni ko‘rib yig‘ladim.
Juma namozga ketayotib ishlayotgan somsaxonalarni ko‘rib yig‘ladim.
"Bismillah" deb ism qo‘yib olib, kunduzlari ro‘zadorlarga ziyon yetkazib ishlayotgan oshxonani ko‘rib yig‘ladim.

1-taroveh kuni 7 saf odam o‘qigan masjidda 16-taroveh kuni 1 yarim saf Odamlarni ko‘rib yig‘ladim.
Taroveh o‘qilayotgan paytda "samovar"da yonboshlab, kekirib yotgan musulmonni ko‘rib yig‘ladim.
70-80 yoshli otalar tik turib Xatm o‘qiyotganda 8 rakatdan keyin chiqib ketayotgan yoshlarni ko‘rib yig‘ladim.

Qorilar orqasida namoz o‘qib 30 yil bekor o‘tgan umrim uchun yig‘ladim.
Har kuni ishga ketayotib ishlab turgan "shashlikchi"ga Allohdan qo‘rq deya olmaganim uchun yig‘ladim.
Yahudiy non yeb turgan o‘g‘lini urib Ramazon oyini hurmat kilsa-yu o‘zini musulmonman deb ko‘krak kergan, Ramazonda oshxonasini ochib qo‘ygan oshxonachini ko‘rib yig‘ladim.

Ukasi pul topib turganda qori ukam, hoji ukam deb yurib, ukani boshiga ozgina musibat tushsa teskari qarab olgan akani ko‘rib yig‘ladim.
Botil uchun talashib-tortishib Haq uchun kirib ayting oshxonani yopsin desa ham harakat qilmagan oqsoqollarni ko‘rib yig‘ladim.
Ko‘chada taomlanib yurgan musulmonni ko‘rib, Alloh muborak qilgan Ramazon oyini haybatini ketkazishga sababchi bo‘lma deya olmaganimiz uchun yig‘ladim.

Xufton namoziga azon aytsa hamki, masjidlar bo‘sh-u choyxona to‘laligini ko‘rib yig‘ladim.
Qariyalar tik turib namoz o‘qisa-yu yoshlar oyog‘i tolib ketib, o‘tirib o‘qisa bo‘laveradimi degan savolini eshitib yig‘ladim.
Takbiri uloga yetishay demay telefon kavlab o‘tirib, imom ruku’ga ketayotganda tezda namozga qo‘shilib makr qilayotgan ukalarimni ko‘rib yig‘ladim.

8 yoshli nabirasi qiynalib bo‘lsa ham Ro‘za tutsa-yu 70 yoshli bobosi uni oldida kunduzlari sigaret chekayotganini ko‘rib yig‘ladim.
Ro‘zani kunida uyiga kelib men issiqda ishdan keldim, senlar uyda o‘tiribsan deb, onasi, ayoli, qiziga achchiq qilgan befarosatni ko‘rib yig‘ladim.
Ishlari yurishmay qolsa, uyiga kelib turmushdan qaytgan qizidan alamini olgan otalarni ko‘rib yig‘ladim.

Ulfatlarining iftor dasturxoniga millionlab pul xarjlab, ahli oilasiga 2 ta gushtli non olib kirmagan aka-ukamni ko‘rib yig‘ladim.
Shuncha pastkashliklarni ko‘rib qo‘limdan duodan boshqa hech narsa kelmagani uchun yig‘ladim.
Allohim O‘zing meni kechirgin deb yig‘ladim!
O‘shlik birodarimiz Sodiqjon ABDULLOH

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Men nechun yig‘ladim?..