Ilon: (1905, 1917, 1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013)
UMUMIY TA’RIF
2019 yil ilon muchalida tavallud topganlarga bir olam quvonch, muvaffaqiyatli lahzalarni hadya etmoqchi. Shaxsiy hayotda, ishda martabangiz ulug‘ bo‘lishi kutiladi. Oila qurmaganlar muhabbatini uchratmagan bo‘lsa, to‘ng‘iz yilidan umid qilaversinlar. Orzularingiz albatta haqiqatga aylanadi.
Ijod ahlining umidlari ham sarobdan iborat bo‘lmaydi. Kuz oylariga borib iste’dodingiz mevalarini ko‘ra boshlaysiz. Agar kimdir shaxsiy biznesini ochmoqchi bo‘lsa, shu yildan kechiktirmasin. Albatta omad kulib boqadi. Kimgadir ishonmasangiz, doimo undan shubha qilsangiz, 2019 yili u odam bilan silliqchasiga munosabatlarni uzib qo‘ya qoling.
SALOMATLIGI
O‘zingizni, sog‘lig‘ingizni hurmat qilsangiz, qadrlasangiz, sog‘lom turmush tarziga o‘ting. Qolaversa, salomatligingizning yomonlashuvi jismoniy zo‘riqishlardan ham kelib chiqadi. Uyqusizlik hamda depressiya asosiy muammoga aylanadi.
Atrofdagilar bilan munosabatlarda ham asablarni asragan holda yo‘l tuting. Allaqachon surunkali xastalik orttirib olganlar hech bo‘lmasa, kuniga uzoq vaqt piyoda yurishga odatlansinlar. Bu ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda ham yordam beradi. Bundan tashqari, oshqozoningizda ham to‘g‘ri ovqatlanmaslik oqibatida jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
AYoLLAR
Hali turmushga chiqishga ulgurmagan ayollar, qizlar hayotida tanaffuslar kuzatiladi. Lekin 2019 yili oila qurish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Faqat xushomadlarning haqiqiylarini qalbakisidan ajrata bilishingiz kerak. Jahldorlikni bir chetga suring. Oilasi borlar shu masalada juda ehtiyot bo‘lishlari lozim.
Haddan ortiq ko‘p ishlash salomatligingizga putur yetkazishi hech gap emas. Ishxonangizdagi rahbarlar bilan yangi yil davomida janjalli lahzalar yuzaga kelish ehtimoli bor. Qisqa qilib aytganda, to‘ng‘iz yilida sabrli, matonatli va muloyim bo‘ling.
ERKAKLAR
Ayollardan farqli o‘laroq ilon muchalida tug‘ilgan erkaklarga oson bo‘lmaydi. To‘ng‘iz yilida har jabhada jiddiy to‘siqlar yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lishi kutilmoqda. Yil o‘rtalariga borib professional kasbingiz bilan bog‘liq ishdagi malakangizni oshirishingizga to‘g‘ri keladi. Shaxsiy biznesini ochish niyatida yurganlar bo‘lsa, marhamat, siz uchun imkoniyatlarning barcha eshiklari ochiq bo‘ladi.
Shaxsiy hayotda shu narsani bilingki, to‘ng‘iz yili xiyonatlarni kechira olmaydi. Oilasiz do‘stlarimiz yil davomida albatta o‘z baxtini topadi. Ayrim oilalilar xonadonida yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin. Asosiysi, ishdagi muammolarni uyga ko‘tarib kelmang. Bu yaqinlaringiz bilan orangizda janjalli vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?