AJDAHO: (1904, 1916, 1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012 yy)
UMUMIY TA’RIF
2019 yil sizga omad va baxt va’da qilmoqda. Bu yili siz qayg‘ulardan deyarli yiroq bo‘lasiz. Ko‘proq kulasiz. Martabangiz a’lo darajada bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizda to‘kinlik va sokinlik hukm suradi. Ayrimlar bahor oylariga borib o‘z orzusidagi ishni topishlari, shu yo‘l bilan moddiy farovonlikka erishishlari mumkin.
Orzularingiz ushalishi ham yengil kechadi. Kimda kim shaxsiy biznesini ochish niyatida bo‘lsa, sira ikkilanmasdan bu ishga kirishaverishi mumkin. Basharti kimgadir anchadan beri ishonchingizni yo‘qotgan bo‘lsangiz, u odam bilan munosabatlarni uzganingiz ma’qul.
SALOMATLIGI
Inshoolloh, taqdirning favqulodda zarbalarini ko‘tarishga hali kuchingiz yetadi. Agar o‘zingiz tashabbus ko‘rsatib taqiqlangan yo‘llardan yura boshlamasangiz, salomatligingiz pand bermoqchi emas. Mabodo salomatligingiz yomonlashsa, bilingki, bu jismoniy zo‘riqish tufayli yuzaga keladi. Ba’zilar depressiya hamda uyqusizlikdan bezovta bo‘lishi mumkin.
Yil davomida toza havoda ko‘proq kezishingiz tavsiya qilinadi. Qurbingiz yetsa, albatta sport bilan shug‘ullaning. Hech qachon to‘yib taom yemang. Aks holda oshqozoningizda jiddiy muammo paydo bo‘ladi.
AYoLLAR
Yolg‘iz ayollar va qizlar shaxsiy hayotida tanaffuslar ko‘zga tashlanish ehtimoli bor. 2019 yili qarama-qarshi jins vakillarining ikki ko‘zi sizda bo‘ladi. Bo‘lg‘usi juftingizni tanlash imkoniyat ko‘p va xo‘b bo‘ladi. Shunday ekan, sira shoshmasdan o‘zingizga ma’qul insonni tanlayvering. Oilali ayollar turmush o‘rtog‘ining tashqi ko‘rinishidan tortib issiq-sovug‘igacha nazorat ostiga olishlari kerak bo‘ladi. Oilada baribir janjallar bo‘lib turadi. Siz imkon doirasida og‘ir-bosiq, itoatkor bo‘lsangiz, juftingiz xotirjam va quvnoq bo‘ladi, ishlari ham baroridan keladi.
ERKAKLAR
2019 yili erkaklar martabasi yuqori cho‘qqilar sari keta boshlaydi. Faqat o‘zingiz ham faol bo‘lsangiz bas. Yil davomida professional kasbingiz bilan bog‘liq malakangizni oshirishingiz talab etiladi. Bajarib turgan ishingizdan ko‘nglingiz to‘la qolmasa, shaxsiy biznesga qo‘l uring. Bu ish to‘ng‘iz yilida jiddiy to‘siqlarga uchramaydi.
Shaxsiy hayotda shuni yaxshilab eslab qolingki, to‘ng‘iz yili xiyonatlarni xushlamaydi. Oilasizlar yil bo‘yi qarama-qarshi jins vakilalarining diqqat markazida bo‘ladi. Oilalilar hayotida esa yoqimli xabarlar ko‘p bo‘ladi. Yangi mehmon dunyoga kelishi mumkin. Asosiysi, shaxsiy hayotda juftingiz bilan janjallashishdan saqlaning. Qolganlari tobida bo‘ladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?