To‘ng‘iz yili Sharq taqvimining 12, ya’ni oxirgi muchal yili bo‘lgani uchun uni “aralashgan, qorishgan yil”, deyish mumkin. Chunki u o‘zida avvalgi 11 muchallarning muhim faktorlarini singdirgan.
Ko‘pchilik to‘ng‘izni irkit, nima uchrasa, shuni yeb ketaveradigan hayvon, deb biladi. Lekin u aqlliligi, bamaylixotirligi bilan ajralib turadi. Bir qarashda pala-partish, ozoda bo‘lmagan hayvon 2019 yilda butunlay boshqa sifatlari bilan namoyon bo‘ladi. Sizni xursand qilishga shoshilamiz: to‘ng‘iz yili hayotning barcha sohalarida omad olib keladi!
To‘ng‘izning vahimali so‘yloq tishlarini oldinga qaratib yugurishini eslang. Shu jihatdan ushbu yilda o‘ylangan rejalar tezlik bilan amalga oshishiga, maqsadlar sari dadil qadam tashlanishiga umid qilish mumkin.
Astrologlarga ko‘ra mehnatkash, intiluvchan insonlar uchun 2019 yil moliyaviy masalada muvaffaqiyatli keladi. Anchadan buyon katta daromadli ishga qo‘l urishni ko‘zlab yurganlar bu maqsadlarini To‘ng‘iz yilida amalga oshirishga muyassar bo‘ladilar. Biroq bu yo‘lda firibgarlik ishlatish, o‘zgalarning haqini yeyish ma’qul emas. Bularni qilganlardan omad yuz o‘giradi. Dangasa, tepsa tebranmaslar uchun osmondan chalpak yog‘ilmaydi. Agarda ular ham biror ishning boshini tutib, aniq maqsadlar qo‘yib harakat qilsa, albatta barakasini ko‘radi. To‘ng‘iz yili nosog‘lom raqobatni, hiyla-nayrang ishlatilgan o‘yinlarni xushlamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, To‘ng‘iz yilida halol mehnat qilganlar yuzaga chiqadi.
Tavakkal qilmaslik, shubhali ishlardan yiroqda bo‘lish, qarz bermaslik va qarz olmaslik ham tavsiya qilinadi.
Muchal egalari uchun bayram...
To‘ng‘iz yili barcha muchal vakillari uchun osuda, farovon o‘tishi va’da qilinmoqda. Aynan To‘ng‘iz yilida tug‘ilganlar uchun ko‘proq omad kulib boqadi. Katta daromad topishlari, ko‘p miqdorda pul to‘plashga erishishlari mumkin.
Ular deyarli har doim rostgo‘yligi, yumshoqko‘ngilligi, olijanobligi va mehribonligi bilan xarakterlanadi. Yana ular boshqalar bilan urishmasligi, janjal qilmasligi, odamlarga yaxshilik ulashishi bilan ajralib turishadi. Ammo bu ularning hayoti bir tekis deyishga asos bo‘lmaydi. Kutilmagan burilishlar, qoqilishlar, ayriliqlar ham yuz beradi, keyin hammasini oq qog‘ozdan boshlashga to‘g‘ri keladi.
Bu yilda tug‘ilganlar muammolarini, tashvishlarini kulib yengishga o‘rganganlar. Ular odatda, biror ishni bajarishda shoshilishmaydi, ammo zarur vazifa yuklansa, bor kuchi bilan uni bajarishga kirishadilar. Ulardagi o‘zlariga bo‘lgan ichki ishonch, g‘ayrat atrofdagilarning ham hayratiga sabab bo‘ladi. Odamlarga tez ishonishlaridan ba’zan pand yeyishadi. Ularning ishonchini suiste’mol qiluvchilar topiladi.
Intellektuallik jihatdan To‘ng‘iz yilida tug‘ilganlar qobiliyatlidirlar. Ular deyarli hamma narsaga qiziqadilar. Turli adabiyotlarni o‘qishni yoqtiradilar. Do‘st tanlashda ko‘ngliga yaqin bo‘lganlarini tanlaydilar. Agar bunday do‘stni topolmasalar, unda tanishlaridan shunday yaqin do‘stni tarbiyalashga urinadilar. Lekin bu har doim ham istaganidek amalga oshavermaydi.
Ijodkor muchal vakillari ham boshqalardan ajralib turadi. Rassomlik, musiqa san’ati ularning dillariga ko‘proq yaqin.
Moddiy jihat, mablag‘ masalalari ular uchun muhim ahamiyatga ega. Dabdabani va boylikni yaxshi ko‘radilar va shunday yashashga intiladilar. Biroq ularga pul shunchaki kelmaydi. Pul topish uchun ular ko‘p mehnat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Qayd etish kerak, tillarang To‘ng‘iz yilida ko‘proq Baliqlarga omad keladi. Chunki Baliqlar To‘ng‘izlarga astrologik tomondan yaqin turadi.
Ijodkor insonlar va sportchilarning kamolotga yetishi kutilmoqda. Ular yil boshida va yil oxirida ehtiyotkorroq bo‘lishlari maslahat beriladi, chunki bu davrlarda jarohat olish xavfi yo‘q emas.
Nimalardan saqlanish zarar qilmaydi?
Asosan, rashk, hasad, ko‘ra olmaslik kabi xislatlar xavf soladi. Ulardan hamma ham xalos bo‘lolmaydi. Shuning uchun, yaxshisi, uning oqibatlarini, oiladagi nizolarning oldini olishni o‘ylash, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
To‘ng‘iz yilida ish joyingizni almashtirish ham ma’qul emas. Bu kabi ishlardan ko‘proq yo‘lbars, baliq, quyon yilida tug‘ilganlar saqlanganlari maqsadga muvofiq.
Oilalar mustahkamlanadi
Tinchliksevar hayvon barcha arazda bo‘lgan juftliklarni yarashtirishga, qo‘rquv va xafagarchiliklardan xalos bo‘lib, ko‘ngil xotirjamligiga erishishga yordam beradi. Oilaviy rishtalarni mustahkamlaydi, murosaga keltiradi. Yolg‘iz insonlar o‘z baxtini topadilar. Oilada ko‘payishni istaganlar uchun yil barakali keladi. Ko‘p-ko‘p farzandlar dunyoga keladi.
O‘zgarishlar davri keladi
Yil ijobiy o‘zgarishlar bilan odamlarning kayfiyatida aks etadi. Aksariyat kishilar o‘tgan yilda bo‘lgan xafagarchiliklarni, omadsizliklarni, yoqimsiz xotiralarni ortga qoldirib, kelajakka umid bilan yashashga harakat qiladilar. Yil davomida shodu xurramlik, yuqori kayfiyat ustun bo‘ladi, bu atrofdagilarga ham yaxshi ta’sir qiladi, do‘stlar soni ko‘payadi. O‘zaro ziddiyatlar, janjallar soni keskin kamayadi. Omad ko‘proq jamoa bo‘lib ishlaydiganlarga kulib boqadi.
Ish joyini, uylarini o‘zgartirishni istaganlar ham buni qo‘rqmasdan ushbu yilda amalga oshirishlari mumkin. Zero, tillarang to‘ng‘iz yili yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Lekin bu ishda yo‘lbars, baliq, quyon yilida tug‘ilganlar shoshmasliklari tavsiya etiladi.
2019 yilda muvaffaqiyat keltiradigan ishlar:
- oila qurish;
- farzandli bo‘lish;
- sayohatga chiqish;
- tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish;
- eski do‘stlarni izlab topish;
- jismonan kuch beriladigan ishlar.
Ayniqsa, ilon, qo‘y, to‘ng‘iz va it yilida tug‘ilganlar ushbu ishlarni amalga oshirsa, ularga yoqimli voqealar ko‘proq va’da qilinmoqda.
Umuman olganda, 2019 yil samarali, qut-barakali yil bo‘lishi, oilada va daromadda mo‘’tadillik va’da qilinmoqda. U insonlarga farovonlik, tinchlik, g‘ayrat sovg‘a qiladi. To‘ng‘iz yilida muvaffaqiyat kaliti – halollik, to‘g‘riso‘zlik, hamma ishda tirishqoqlikdir.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?