11:51 / 10.01.2019
3 586

“Yerda sayr qilingiz!“

“Yerda sayr qilingiz!“
Allohning qudrati alomatlarini ko‘ray desangiz, shohid bo‘lish uchun turli o‘lkalarga safar qiling, sahrolarni kezing, yer yuzida aylanib yuring, ochiq koinot kitobiga ibrat nazari ila boqing, shunda qalbingiz yayraydi, g‘am-anduh bulutlari tarqalib ketadi.

Sizni chiroyli bog‘lar, go‘zal ko‘kalamzorlar, bir-biriga chirmashib ketgan bo‘stonlarni ko‘rsin deb U borliq sahifalariga go‘zal alomatlarini yozgan.

“Ayting: “yerda sayr qilingiz!“ (“An’om” surasi 11-oyat).

Uyingizdan chiqing-da, yon-atrofingizdagi narsalarni tomosha qiling, ular haqida fikr yuriting. Toqqa chiqing, vodiylarga tushing, daraxtlarga boqing, ma’danli suvlardan iching, burningizga yasmin shoxchalarini tuting. Ruhingiz sayroqi qush kabi erkin va ozod bo‘lib qolganini his qilganingizda baxt osmonida suzasiz.

Uyingizdan tashqari chiqing, ko‘zingizdan qora pardani olib tashlang-da, so‘ngra Allohning keng yerida zikr va tasbeh aytgan holda sayr qiling.

Bekordan-bekor holda tor xonada biqinib yotish o‘zini o‘ldirishga olib boradigan oson yo‘ldir. Chunki xonangiz olam, o‘zingiz insoniyatning barchasi emassiz. Nimaga endi siz qayg‘uga bo‘yin egishingiz kerak?! Sizga axir ko‘zingiz, qulog‘ingiz va qalbingiz bilan “Yengil va og‘ir holatda qo‘zg‘aling...“, deb nido qilingan! Keling, cho‘lu sahrolarda ham, daraxtzorlarda ham, muhabbat qo‘shiqlarini kuylayotgan qushlar chug‘ur-chug‘uri ostida, cho‘qqilardan vodiylargacha yetib kelish hikoyasini chuldir-chuldir so‘ylayotgan suvlar bo‘yida ham Qur’on o‘qing.

Nafas olishi og‘irlashgan hamda tor xonasi o‘ziga qorong‘u bo‘lib qolgan kishilarga tabiblar tavsiya qiladigan rohat yer yuzida sayohat qilishdir. Keling, endi baxtli bo‘lish, fikr yuritish va mulohaza qilish uchun birgalikda safar qilaylik. Alloh bu haqda: “Ular osmonlaru Yerning yaratilishi haqida fikr yuritadilar (va duo qiladilar;) “Ey Rabbimiz! Bu (koinot)ni behuda yaratmagansan. Sen (ayblardan) pok Zotdirsan“, degan.
"O‘kinma" kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Yerda sayr qilingiz!“