
Inson umrining qiymati solih amallar va mazmunli bo‘lishligidadir. Muddatini uzun bo‘lishligida emas! Gohida hayot juda mazmunli bo‘ladi, gohida esa teskarisi.
Imom Shofe’iy rohimahulloh ellik yildan ozroq vaqt umr kechirdilar. Ammo, u kishi hisobini Alloh taologina biladigan yaxshiliklarni tark etdilar.
Imom Navaviy rohimahulloh ham ellik yildan ozroq vaqt umr kechirdilar va u kishi ham juda ko‘p yaxshiliklarni tark etdilar. Bularning hisob-kitobini Allohning o‘zi biluvchidir.
Ba’zi insonlar to‘qson yil va undan ham ko‘p umr kechiradilar. Biror narsaga qo‘l urmaydilar. Ayni shu – mazmunsiz umrdir. Shu bois ham ulamolar “Umrning qiymati solih amallar bilan” degan fikrga to‘xtalishgan.
Haqiqiy umr – solih amallarga boy bo‘lganidir.
Inson umrini zamondan iborat desa, u qadr-qiymati yo‘q umrdir.
Inson umrini solih amallarda desa, u umrlarning eng ulug‘idir.
Muhammad Rotib Nabulsiy
Abdussami ERGAShEV tarjimasi
Abdussami ERGAShEV tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar