Farzand tarbiyasi haqidagi ajib bir hikoya
Kunlarning birida do‘stimning uyiga mehmon bo‘lib bordim, suhbat qurib o‘tirgan edik chamasi to‘rt yoshlik bolasi kelib uning bo‘yniga osilib, ota bugun biz jannatda bir qasr qurmadikku dedi. Men xato eshitdim deb o‘yladim. U yana shu gapini takrorladi. Qolgan farzandlari kelib ukalari aytgan gapni takrorlashdi. Shunda men hayratda qoldim va kuzattim. Do‘stim menga farzandalarim bilan qanday qilib jannatda qasr qurishimizni ko‘rishni xohlaysanmi dedi. Men esa albatta xohlayman dedim. Shunda ular jamlanib o‘tirishdida, Ixlos surasini 10 marta o‘qishdi. Tugagach farzandlar alhamdulillah bugun biz jannatda bir qasr qurdik deb xursand bo‘lishdi.
So‘ng do‘stim farzandlaridan u qasrda nima bo‘lishini xohlaysizlar deb so‘radi. Bolalar bizni xursand qiladigan ko‘p narsalar bo‘lishligini xohlaymiz dedilar. Do‘stim ularga “La havla vala quvvata illaa billah” ni aytdi, ular ham bu duoni takrorlashdi.
Do‘stim yana bolalariga savol berdi. Qiyomatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishni va U zotning havzlaridan suv ichishni xohlaysizlarmi? dedi. Ular ha deyishdi. Shunda do‘stim ularga tashahhuddan keyin o‘qiladigan “Allohumma solli ’ala Muhammad va ’alaa aali Muhammad” ni o‘qib berdi, farzandalari esa takrorlashdi.
So‘ng bolalar xursand bo‘lib, biri dars qilishga, biri o‘yinini davom ettirishga yana biri ishini tugatish uchun tarqaldilar.
Men esa do‘stimning farzandlariga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini bu shaklda o‘rgatganligidan juda hayratlanib, men ham farzandlarimga shu shaklda o‘rgatsam bo‘lar ekan deya, uyga qaytdim.
Aziz do‘stim sizning ham bu tarbiya shaklini aziz farzandalaringizga o‘rgatish imkoningiz bor.
“Shayx Zayniddin” jome masjidi
imom xatibi Yahyo ABDURAHMONOV
imom xatibi Yahyo ABDURAHMONOV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?