Oila a’zolaring bilan bo‘lgan chog‘ingda tabassumla o‘tir. Oilali bo‘lishini orzu qiladigan qancha qancha kimsalar bor.
Tabassum qil!
Ishingga ketayotganingda tabassumla yur.
Ishi yo‘q va ishli bo‘lishni orzu qilayotgan qancha kimsalar bor.
Tabassum qil!
Zotan, sen sihat-salomatlik uzrasan.
Qancha qancha kimsalar borki, betob va bor puliga salomatlikni sotib olishni orzu qilishadi.
Tabassum qil!
Zero, sen tiriksan va rizqing yetib turibdi.
Vafot qilgan kimsalar esa bir zumga bo‘lsa-da tirilishni va ezgu amal qilishni orzu qilishadi.
Tabassum qil!
Zotan, sening duo va ibodat qiladigan Robbing bor!
Qancha qancha kimsalar esa sigirga sig‘inishmoqda.
Tabassum qil!
Zero, sen bu sensan.
Sendek bo‘lishni orzu qilayotganlar qancha!
Ey Alloh! Senga Zotingning ulug‘ligi va saltanatingning buyukligiga loyiq bo‘ladigan maqtov bo‘lsin!
Doktor Mustafo Mahmud
Alloh taoloning bizlarga bergan ne’matlari cheksiz bo‘lib, sanasak adog‘iga yetolmay qolishimiz shubhasizdir.
Ushbu satrlarni o‘qiy olayotganimizning o‘zi buyuk ne’matdirki, qanchalab ko‘zlari ko‘rmaydigan insonlar bor.
Rasululloh sollallohu alayhi va olihi vasallam: "Yaxshilikni yuzi ochiq kimsalardan kutinglar", deya marhamat qilganlar.
To‘mtayaverish, har narsadan norozi bo‘lish, doimo tushkun kayfiyatda yurish ila boshqalarni ham ozorlash va qalbiga mahzunlik solish mumkin.
Ko‘radigan ko‘zga Alloh ne’matlari juda-juda ko‘pdir!
Unga duo va sajda qiladigan, rizqimizni mukammal berib turgan, shaklu shamoyilimizni go‘zal qilgan, oilali, ishli qilib qo‘ygan, O‘zigagina ibodat qilish baxtini bergan, bizga ne’matlarini bisyor qilib bergan Robbimiz bor!
Shunday ekan, to‘mtayib emas, tabassum bilan yurishga odatlanaylik!
Sunnatulloh ABDULBOSIT
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”