12:30 / 20.01.2019
7 962

Birovlarni masxara qilmang

Birovlarni masxara qilmang
Biling, mazah yomon illat. Chunki buni zarari har ikkala tomonga barobar tegadi. Ya’ni bu mazah qiluvchini sharmanda qiladi va mazah qilingan insonga ozor beradi. Mazah qiluvchini sharmanda bo‘lishi birinchi o‘rinda undan haybati va hayosini ketkazadi. Ikkinchidan g‘avg‘o va nodonlikni keltiradi. Endi solih kishilarni ozorlashga kelsak, uni behuda, bemaza qiliqdan qalbi ranjiydi. Mazah, bu shaytondan ko‘chirma va kibru havodan darak. Umar ibn Abdulaziz aytadi: Masxara qilishdan saqlaning, chunki bu axmoqlik, adovatni me’ros qiladi. Ba’zi ulamolar aytadi: “Masxara qilishlik haybatni yeydi, go‘yo olov o‘tinni yegandek”.

Albatta mazahni boshlanishi halovat
Lekin uning oxiri adovat.

Odamlar bir-birini nima uchun masxara qiladi? Bir insonni “quvvatsiz” bo‘lgani, bilimsiz bo‘lgani, kambag‘al bo‘lgani uchun masxara qiladi. Masxara qilish uchun yerga urush o‘zini baland bilish kifoya. Bir odamni xilqatini (ya’ni tashqi ko‘rinishini) masxara qilmoqchi bo‘lsa, demak u Allohning qudratini masxara qilibdi. Uni bo‘yi uzun, uniki pakana, bu semiz, u ariq kabi so‘zlar bilan Alloh ta’lo Qur’oni karimda: “Ey mo‘minlar, bir qavm ikkinchi qavm ustidan masxara qilib qo‘ymasin, balki ular sizlardan ustunroqdur” deydi.

Masxara qilish so‘z bilan, gohi ish-harakat, gohi ishora bilan bo‘ladi. Masxarani asli yengiltaklikdan kelib chiqadi. Yengil tabiatli inson boshqalarni masxara qiladi. Boylar aytadi: meni bir joyim Allohga yoqib qolgani uchun meni boy qildi, seni bir joying Allohga yoqmagani uchun seni kambag‘al qildi. Aslida boylik va kambag‘allik bizlarga berilgan sinovdir.

Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam huzurlariga bir faqir kishi keldi. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam Meni huzurimga sizni kelishingizni Jabroil alayxissalom xabarini bergan, xush kelibsiz dedilar. U kishi menga o‘xshagan, dedi. “Ha” yerda e’tiborsiz bo‘lgan samoda sayyidlardan bo‘lgan inson, dedilar.

Demak biz qadrimizni Allohning xuzuriga borganda bilamiz. Masxara qilishda bandalarga jabr qilish va shirk xavfi bor. Har kim o‘zidagi bor narsa bilan faxrlanishi o‘zini qildim, o‘zim topdim hamma narsani o‘ziga xoslashi shirk bo‘ladi.

Qorun: “Meni boyligim meni ilmim uchun bo‘ldi” deydi. Biz hamma narsani Allohdan deb bilishimiz kerak. Masxarani har qanday turini qilmaslik kerak. Musulmon insonning masxara qilish musulmonlikdan bo‘lmaydi. Xaqiqiy musulmon birovni xaqqiga yaxshi duo qiladi.
Shukrulloxon MINOJATOV
Oltiariq tumani
“Jaxongirxon” masjid imom xatibi

Manba: O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Birovlarni masxara qilmang