
Foto: «RIA Novosti»
Kembrij klinik neyrofanlar universiteti tadqiqotchilari miya faoliyatini yaxshilashga yordam beruvchi Decoder nomli mobil dasturni yaratdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, axborot texnologiyalarining rivojlanishi odamni har kuni ijtimoiy tarmoqlardagi turli xabarlarga va elektron pochta orqali kelgan maktublarga reaksiya bildirishga majbur qilmoqda.
Bunday ko‘p vazifalilik yoshlarda, xususan, talabalarda yalqovlik chaqiradi. Bu yalqovlik muhit bosimi, uyqusizlik bilan qo‘shilib, kognitiv funksiyalarning buzilishiga olib keladi.
Ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan dasturning sinovi uning diqqatni jamlashda boshqa o‘yinlardan ko‘ra samaraliroq ekanligini ko‘rsatgan. Shuningdek, dasturdan foydalanganlar diqqatni bir narsadan boshqasiga ko‘chirishda yaxshiroq natijalarni ko‘rsatgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar