Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti olimlari immunitetni oshirishning 5 ta tabiiy usulini ma’lum qilishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Olimlarning fikricha, immunitetni oshirish uchun albatta dorilar qabul qilish shart emas. Bunda tabiiy vositalardan biri mavrak (shalfey) hisoblanadi. U o‘zining bakteriyalar, oksidantlar va yallig‘lanishlarga qarshi xususiyatlari bilan ma’lum. U nafas yo‘llarini mustahkamlash va shamollashning oldini olishda yordam beradi.
Dorilarning yana bir tabiiy muqobili buzina bo‘lib, tadqiqotning ko‘rsatishicha, grippdan aziyat chekkan va buzina ekstraktini qabul qilgan 18-54 yoshlilar an’anaviy usullar bilan davolanganlardan o‘rtacha 4 kun tezroq sog‘ayib ketishgan.
Immunitetni, shuningdek, yorqin rangdagi mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar: pomidor, apelsin, lavlagi, batat, baqlajon va tarvuz mustahkamlaydi. Bu mahsulotlarni faol iste’mol qilish bilan bir haftadan keyin ijobiy natijaga erishish mumkin.
Olimlar immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun giyohlar va ziravorlar - sarimsoq, zanjabil, oregano, zarchavadan foydalanishni tavsiya qilishadi. Bu mahsulotlar bakteriyalar va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, ular moddalar almashinuvini tezlashtirish va ortiqcha vaznni yo‘qotishda yordam beradi.
Shamollashga uchramaslikning yana bir usuli yangi meva va sabzavot sharbatlarini ichish hisoblanadi. Ular immunitetni mustahkamlashga yordam beruvchi asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi magniyga ega.
Olimlar o‘z xulosalariga 14 ta davlatdan 11 mingga yaqin kishi ishtirok etgan tadqiqotlar asosida kelishgan. Mutaxassislar D vitaminining tanqisligi qishki vaqtda shamollashlar ko‘payishi bilan bog‘liqligini tekshirishmoqchi bo‘lishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”