22:54 / 31.01.2019
5 768

«…Uni hokimlarga gunohkorona tashlamang!»

«…Uni hokimlarga gunohkorona tashlamang!»
Byudjetning pulini otkat, o‘g‘irlash, isrof qilish, o‘z manfaati yo‘lida va boshqa ko‘rinishlarda talon-taroj etishlar harom amallar hisoblanadi. Yana davlat ishonib qo‘ygan kursisi vositasida pora olish, tanish-bilishchilik qilish kabi ishlar ham nojoiz sanaladi.

Bunday holatlar kundalik odatlarimizga aylanib qolgani va o‘zbek jamiyatida chuqur ildiz otgani uchun ko‘pchiligimiz o‘zimizni bu jarlikda ekanimizni sezmaymiz, his qilmaymiz. Davlatning mulki ko‘pchilikniki. Uning sarfiyotida nojo‘ya holatlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Zero Alloh:

"Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang", deydi.

Imom Qurtubiy deganlarki: "Oyatdagi "botil yo‘l bilan yemaslik"ka haromning barcha turlari kiradi. Qimor, aldamchilik, harom narsalarni sotib mol topishlik, harom kasblarni qilib mol topishlik va boshqalar". Shuningdek "hokimlarga gunohkorona tashlamang"ni mufassirlar "pora berish" deya tafsir etganlar. ("Baqara" surasi, 188-oyat)
Mubashshir AHMAD

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «…Uni hokimlarga gunohkorona tashlamang!»