Kundalik hayotda stress bizni doim ta’qib qiladi. Kechikish, vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotish — bularning barchasi keskinlikning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Stress bilan qay tarzda kurashish kerak?
Oq-qora fikrlashdan voz keching
Narsalarni faqat oq va qoraga ajratmang. Bizda bu kabi fikrlash bolaligimizdan shakllanadi. Bunday fikrlashdan kattalarga xos «rangli» fikrlash foydasiga voz keching. U sizga vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topishga yordam beradi.
Stressni ijobiy tajriba sifatida qabul qiling
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, stress sog‘liq uchun zararli ekanligi haqidagi qat’iy ishonch vaziyatni boshqara olish qobiliyatimizda aks etadi.
Hamma narsani nazorat qila olmasligingizga ko‘niking
Hech qanaqasiga ta’sir ko‘rsata olmaydigan voqealarni oldindan aytish yoki rejalashtirishga urinib, juda ko‘p kuch sarflashingiz mumkin. Oxir-oqibatda bu sizni faqat holdan toydirib, o‘zingizga nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltiradi. Faqat o‘z-o‘zimizni nazorat qila olishimizni tan olish — stressdan qutulish uchun eng to‘g‘ri yo‘l.
O‘tmishni unuting
«Nega bu aynan men bilan yuz berdi?» — har birimiz o‘zimizga shu savolni berib turamiz. Bu kabi salbiy fikrlarga to‘xtalmang. O‘tmishda o‘ralashib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Yaxshisi kelajakdan nimalarni kutayotganligingiz haqida xayol suring. Istagan natijalaringizga erishishingizni tasavvur qiling.
Muloqot qiling
Stressni boshdan kechirar ekanmiz, o‘zimizni chetga tortib, muammolarimiz bilan yolg‘iz qolishni istaymiz. Biroq bu to‘g‘ri yo‘l emas. Odamlar bilan muloqot qilishdan qochmang, yordamingizni boshqalarga taklif qiling va boshqalardan ko‘mak so‘rashdan qo‘rqmang.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?