18:58 / 18.02.2019
12 118

“Ey, rafiqam! Sendan iltimos…”

“Ey, rafiqam! Sendan iltimos…”
Erning ayoliga maktubi

Ey, rafiqam!
Menga, sening shirin va ohista shivirlashlaringni eshitishni xush ko‘radigan erkak, deb qaragin. Menga, sen xohlagan paytingda pul beradigan pul sarflovchi mashina, deb qarama. Menga, to ehtiyojing tushadigan vaqtgacha tashlab qo‘yadigan bir buyumingdek, qarama.

Mendan senga faqat yaxshi so‘z yetishini va senla go‘zal ishrat qilishni xohlashimni maqsad qil.
Bilginki, men “Qorun” emasman. Qasrlar va mulklarga egalik qilmayman.

Sirlarimni qo‘shnilaringga va dugonalaringga fosh qilma. Sen mening qudug‘im va yopinchig‘im bo‘l.
Men bilan so‘zlashishing qichqiriq bo‘lmasin. Meni chaqirishing qag‘illash kabi bo‘lmasin. Men sen bilan qanday bo‘lishimni istasang, sen ham men bilan xuddi shunday bo‘l.

Ey, rafiqam…
Bu dunyo hayoti hoyu havaslar, yo‘ldan uruvchi narsalar, ayollar, dilhushliklar va fitnalardan iborat. Shu sabab sen men uchun ularning hammasidan afzal bo‘l. Meni haromdan saqla.

Yaratilishing va axloqingda go‘zal bo‘lginki, nazarim sendan boshqasiga tushishidan behojat qil. Mulkimni va farzandlarimni asragin.
Jismingdagi maftun qiladigan yerlaring omonatdir.

To‘y va munosabatlarda faxrlanib, ularni mendan boshqasiga ko‘rsatma.
Yolg‘izligimda yonimga kel va menga oshiqlar kabi so‘yla… Yolg‘izlik vijdonni o‘ldirur.

Ey, rafiqam…
Menga itoatkor bo‘l. Qachonki seni chaqirsam, labbay deguvchi bo‘l. Qachonki senga so‘zlasam, gaplarimga quloq solguvchi bo‘l. Sha’nimni saqlovchi bo‘l… Farzandlarimga go‘zal tarbiyachi bo‘l…

To‘ylarga ziynatlanganing kabi men uchun ham ziynatlan. Uydan tashqariga chiqqaningda kiyinganingdek, men uchun ham kiyin. Meni shodlik va tabassum ila qarshila, xuddi qo‘shnilaring va dugonalaringni qarshilagandek.

Ba’zida dunyo men uchun torayib, sherdek bo‘kirishim, dengizdek mavj urishim mumkin. Shunda patlarini tushirgan kaptardek yumshoq bo‘l va muloyimlik bilan g‘azabim olovini o‘chirgin. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan o‘rnak ol…

Ey, rafiqam…
Dunyo dengiz, oxirat sohil va qayiq taqvodir. Insonlar esa safardadirlar. Mening haqqimda Allohga taqvo qil.
Ey, rafiqam! Sendan iltimos…

Senga bo‘lgan muhabbatimni nafratga aylantirma. Senga bo‘lgan sadoqatimni adovatga aylantirma. Senga bo‘lgan hurmatimni hurmatsizlikka aylantirma. Meni eshit, jahling chiqmasin.
Agar huzuringda o‘zim uchun joy topa olganimda, sendan boshqaning qalbidan joy qidirmas edim.

Xonadon va farzandlarning g‘amlaridan hamda tugamas talablaridan uzoq bo‘lgan, o‘zimizga xos bir burchakda vaqti-vaqti bilan ko‘rishib turganimizda, do‘stlarim huzurida bedor bo‘lib, o‘yin kulgi qilmas edim.

Agar sendan oshiqlar so‘zini tinglaganimda, quloqlarim sendan boshqasiga moyil bo‘lib, zavqlanib sakramas edim.
Men uchun bir kungina boyligim bo‘lsang, boshqa boyliklarni aslo qidirmas edim.

So‘nggi so‘zim…
Sen jamiki yaratilganlarning sayyidi Muhammad alayhissalom aytganlaridek bo‘l:
“Ayollarning qandog‘i eng yaxshisidir?”, deyildi U Zotga.

“Qachon nazar solsa, surur bag‘ishlaydigani. Qachon amr qilsa, itoat qiladigani va eriga o‘z jonida va molida u yoqtirmaydigan narsa ila xilof qilmaydigani”, dedilar.
Allohim, holimizni isloh qilgin, bizga baxtiyor oilaviy hayotni in’om qilgin, Amin……

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Ey, rafiqam! Sendan iltimos…”