08:02 / 03.03.2019
15 066

Suv haqida bilgan yoxud bilmaganlaringiz...

Suv haqida bilgan yoxud bilmaganlaringiz...
1. Suv insonning kisloroddan keyin ikkinchi ehtiyoji hisoblanadi. Odamzod ovqatsiz olti hafta yashashi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq umr koʻra olmaydi.
2. Dunyoda eng koʻp foydali moddalarni oʻzida jamlagan suv bu quduq suvi hisoblanadi. Inson oʻz qoʻli bilan bunday aralashmani tayyorlay olmaydi.
3. Dunyodagi eng qimmat suv Los-Anjelesda sotiladi. Bu suvning 1 litri 90 dollar turadi. Suvni kristallar bilan bezatilgan maxsus idishlarda sotishadi. Yoshlar bu suvni asosan idishiga qiziqib sotib oladi.
4. Odam hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi.

5. Agar kuniga besh stakandan ortiq suv ichsangiz, yurak xuruji xavfi ortga chekina borarkan. Bunday foydali suv esa filtrlangan ichimlik suvi sanaladi.
6. Yugoslaviyada Sirkniskoye degan koʻl bor. Koʻl suvi yozdan qishga qadar gʻoyib boʻladi. Bahorda esa ichida baligʻi bilan yana paydo boʻlaveradi.
7. Suv tabiatda uch xil koʻrinishga ega. Yaʼni, qattiq koʻrinish (muz), suyuq va gaz koʻrinishi. Yer yuzida ekologik toza suv atigi uch foizni tashkil etadi. U ham ulkan muzliklar tarkibida boʻladi.
8. Eng sersuv mahsulot bu tarvuzdir. Tarvuzning 93 foiz qismi suvdan iborat boʻladi.

9. Yer yuzining taxminan 70 foiz qismi suv bilan qoplangan. Ammo bu suvning 1 foizigina ichish uchun yaroqli.
10. Tabiatda suvning 1330 turi mavjud.
11. Ozish uchun Amerika mutaxassislari suv parhezini mijozlarga tavsiya qilishadi. Agar odam kuniga 2,5 litrdan suv ichsa, ortiqcha vazndan xalos boʻladi. Qanday qilib?
Masalan, odamning qorni ochganda, organizm miyaga shu haqda signal yuboradi va biz darhol ovqat yeyishga tutinamiz. Agar yuqoridagi miqdorda suv ichsak, u ishtahani boʻgʻadi va shuning natijasida ortiqcha vazn yoʻqola boradi. Lekin buning uchun kofe yoki choy emas, aynan suv ichish lozim.
12. Jazoirda bir koʻl bor. Shu koʻlning suviga ruchka yoki qalamni botirib bemalol qogʻozga yozsa ham boʻladi. Bu yozuvni esa keyin hech qachon oʻchirib boʻlmaydi.

13. Antarktidada koʻl bor, uning suvi dengiz suviga nisbatan 11 marotaba shoʻrroq. Bu suv 50 daraja sovuqdagina muzlashi mumkin.
14. Odam tanasidagi suv miqdori atigi 2 foizga qisqarsa, aqliy imkoniyatlarimiz 20 foizga qisqarib ketarkan.
15. Tibbiyotchilarning aytishicha, suv qon bosimini tushirishda yordam beradi. Agar oyoqlar, qoʻllar shishib ketsa, ularni yoʻq qilish uchun iloji boricha кoʻproq suv ichish kerak ekan.
16. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, depressiyadan xalos boʻlish, asabni tinchlantirish uchun bir stakan suv ichish kifoya qilarkan.

17. Yunesko tashkiloti mutaxassislari dunyodagi eng toza suv Finlandiyada ekanini taʼkidlashgan.
18. Dunyo boʻyicha 1 milliard 100 million odam suv ichish baxtidan mahrum. Shunday ekan, siz-u biz dunyodagi eng baxtli odamlarmiz.
19. Dunyodagi hayot uchun eng xavfli suv Sitsiliyada mavjud. Bu suv organizmni zaharlab, oʻlimga olib boruvchi kislotaga ega.
20. Bir kub santimetr dengiz suvi tarkibida 1,5 gramm oqsil va yana koʻplab vitaminlar bor.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Suv haqida bilgan yoxud bilmaganlaringiz...