— Sevgilimning fikricha, men ojiz emishman. Uning gaplari qalbimga qanchalik ogʻir botmasin, jimgina ketdim. Bilaman, hozir ichida vulqon boshlangan. Xayollari chuvalashib, iztirob chekmoqda. Shu sababli ham tiliga nima kelsa, gapiryapti.
Oʻrtamizdagi munosabat meni uzoq vaqt qiynadi. Aniqrogʻi, sevgimizga onam qarshilik qilaverishi, “Ikki dunyoda ham u qizni kelin qilmayman!” deganlari hiqildogʻimga kelgandi. Shu tufayli men undan voz kechdim! Ikki oʻt orasida qolishga ortiq bardosh qila olmadim. Mening bu harakatim muhabbat yoʻlida ortga chekinish emas, balki ona roziligi uchun qurbonlik qilish edi. Axir men ham tosh emasmanki, sevgilimni yoʻqotib oʻzim hech narsa sodir boʻlmaganday jimgina yursam…
Men uni juda sogʻinyapman. Ehtimol, undanda-da ziyod qiynalyapman. Koʻngil ishi oson emas. Ayniqsa, yigit sevsa-yu, yetisha olmasa butun umr oʻsha yorini qumsab oʻtadi, deb eshitganman. Qizlar esa koʻnikuvchan.
Baʼzan keyingi hayot yoʻllarimni tasavvur qilib koʻraman. Yonimda men sevmagan, onam olib bergan qiz. Unga mutlaq koʻnglim yoʻq. Muhabbat deganlaridan uzoqda, faqat majburlikda oila qurish… Menga “Ojiz ekansan!” deyish, yuzimga tarsaki tushirish juda oson. Axir nima qilay?! Onamdan kechib, unga uylana olmasdim-ku! Yuragim hamon uni qumsaydi. Lekin ikkimiz uchun ham bir-birimizni tezroq unutib, yangi hayot qurishimiz maʼqulroq!..
ASRORBЕK, Buxoro
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”