Hayot — oq va qora chiziqlardan iborat, shunday ekan, har bir inson oʻz hayotining muayyan bosqichida ogʻir damlarni boshdan kechiradi. Agar ayni damda sinovlar davridan oʻtayotgan boʻlsangiz, u holda “Layfxaker”ning quyidagi oddiy psixologik qoidalari - siz uchun.
1. Ijobiy yondashuvni saqlab qoling
Hayot bizga ayni damda diqqat doiramizda boʻlgan narsalarni yaqinlashtiradi. Homilador ayollar yon-atrofda oʻzlari kabi homiladorlarning koʻpligidan ajablanishadi, biror mashina rusumi haqida orzu qilayotganlar kun sayin koʻchada aynan shu rusumdagi mashinalarni koʻproq uchrata boshlashadi.
Aslida esa, albatta, homiladorlar ham, avtomobillar ham koʻpaymagan boʻladi. Shunchaki miyamiz oʻz xayollaridagi mavzuga monand obyektni koʻrganda “Ana, qara, eʼtibor ber!” deya signal chirogʻini yoqadi. Psixologlar buni Baader-Maynxof fenomeni deb atashadi.
Xulosa oddiy: Qancha koʻp yomonlik kutsangiz, shuncha koʻp olasiz.
Yomonlik hamma joydan chiqib kelaveradi. Tobora depressiyaga tushib boramiz va aksincha: ijobiy fikrlab, ezgulikka ishonib, oʻz miyangiz sozlamalarini oʻzgartirsangiz, aynan yaxshiliklarni koʻra boshlaysiz. Toʻgʻri, ijobiy yondashuv barcha muammolaringizni hal qilmasligi mumkin, lekin atrofingizdagi olam yorqin ranglarga kira boshlaydi.
2. Ijodkorlikni yoqing
Bu kabi gaplarni koʻp eshitgan boʻlishingiz mumkin, biroq shunga qaramay bunday yondashuv koʻp holatlarda ish beradi. Ha, shunday vaziyatlar boʻladiki, ularni oʻzgartirishning iloji yoʻq. Biroq muammoga yangicha nigoh bilan qarash uchun orqaga yoki yon tomonga bir qadam tashlash va ijodkorlik bilan yonlashishning oʻzi kifoya, shunda siz kutmagan joydan samarali yechim topishga muvaffaq boʻlinadi. Bunday yondashuvga klassik misol sifatida Uilyam Rigli tarixini keltirish mumkin.
XIX asrning 90-yillarida u tomonidan asos solingan kompaniyaning xoʻjalik vositalari sotib, bozorga chiqishga boʻlgan harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ishlar u qadar yaxshi kechmayotgan edi, raqiblar fonida qandaydir ajralib turish uchun Rigli har bir kukun qadogʻiga saqich qoʻshib sotishni oʻylab topdi.
Afsuski, kompaniya daromadsiz, baʼzan esa kamomad bilan ishlashda davom etardi. Rigli biznesni uddalay olmaganiga koʻnikishga tayyor turgandi. Biroq bir kuni muvaffaqiyatsiz ishbilarmon odamlar kukunni baʼzan aynan saqich pachkasi boʻlgani uchun ham sotib olishayotganiga eʼtibor qaratdi. Arximed aytmoqchi “Evrika!”
Shundan keyin Rigli oʻz biznesini bunga qadar istiqbolli hisoblanmagan saqich ishlab chiqarish va sotishga yoʻnaltirdi. Bunday ijodiy yondashuv muvaffaqiyatni uzoq kuttirib qoʻymadi.
3. Xatolaringizdan saboq chiqaring
Barcha holatlarni tahlil qilish ogʻriqli kechishi mumkin, biroq u juda foydali boʻladi. Ishlarning yomonlashuviga olib kelgan hodisalarni yaxshilab tahlil qiling: qayerida xato qildingiz, boshqacha yoʻl tutganingizda nima boʻlar edi va h.k. Oxir-oqibat siz “qorongʻu kunlarni qanday chetlab oʻtish mumkin boʻlganligi”ga doir aniq tasavvurga ega boʻlasiz. Xatolarni takrorlamaslik imkoni nolga teng ekanini bilganingizda ogʻir damlardan oʻtish nisbatan yengilroq kechadi.
4. Imkon doirangizdagi narsalarni oʻzgartiring
Sizni chigal vaziyatga tushirib qoʻygan xatolarni aniqlab, ularga tuzatish kiritishga harakat qiling. Hozirning oʻzidayoq biror nimani tuzatish imkoni boʻlmasa, imkon paydo boʻlishi bilan unga tuzatish kiritish uchun eʼtibor qarating.
5. Minnatdor boʻling
Hayotdan va atrofingizdagi odamlardan sizga taqdim etilgan tajriba uchun minnatdor boʻling. U yoki bu yaqin kishingiz haqida oʻylang: u sizning hayotingizga nima olib kelmoqda, nimalarga oʻrgatmoqda, qanday holatlarda ishonchli yelka boʻlib xizmat qilmoqda, uning qoʻllab-quvvatlashisiz qanday yashardingiz va h.k.
Nima uchun hayotingizda shu inson borligidan minnatdorsiz - shu haqida qisqa (yoki kayfiyatingizga qarab uzun) xat yozing. Shundan soʻng unga qoʻngʻiroq qiling va oʻz ijod mahsulingizni oʻqib bering. Ayni damda boshingizdan oʻtayotgan qiyinchiliklar hayotingizdagi haqiqiy qadriyatlar bilan taqqoslaganda u qadar ahamiyatsizdek koʻrina boshlaydi.
6. Oʻzingiz nazorat qila oladigan narsalarga eʼtibor qarating
Ehtimol, vaziyatni oʻzgartirish uchun koʻp muvaffaqiyatsiz urinishlar qilgandirsiz. Urinishlar shu qadar koʻp boʻlganki, boshqa harakat qilgingiz kelmay qolgan va siz biror narsani oʻzgartira olishingizga boshqa ishonmaysiz.
Oʻzingizning nazoratingiz ostidagi narsalarni izlash va shunga eʼtibor qaratish - nochorlikka qarshi eng samarali kurash usullaridan biri.
Ha, siz ishlaringizni global yaxshilay olmaysiz, lekin tishlaringizni yuva olasiz-ku! Oʻrningizdan turing-da, tozalang. Ertalablari yugura olasizmi? Yuguring.
Hayotingizda oʻzingiz boshqarishingiz mumkin boʻlgan narsalar qancha koʻp boʻlsa, oʻz kuchingizga boʻlgan ishonchingiz shuncha tez qaytadi. U bilan birga esa - qiyinchiliklarni yengib oʻtish uchun zarur boʻlgan iroda ham.
7. Bosib oʻtilgan yoʻl uchun oʻzingizni maqtang
Baʼzan diqqatimizni faqat ayni damdagi voqealarga jamlaymiz va orqaga qaramaymiz. Biroq gohida naqadar uzoq yoʻl bosib oʻtganingiz, qanchalik oʻzgarganingiz, nimalarni qoʻlga kiritdingizu, nimalarni orqada qoldirganingizga baho berish uchun orqaga qarash ham muhim. Aynan qanday yoʻl bosib oʻtganingizni anglab yetganingizda tunnel oxiridagi yorugʻlik yanada yorqinroq koʻrinadi.
8. Sizni tushunuvchi insonlar qurshovida boʻling
Atrofingizda oʻzingizga yaqin odamlarni yigʻish — siz murakkab vaziyatda qolganda qilishingiz mumkin boʻlgan eng muhim narslardan biri. Sizga ularning mehr-muhabbati zarur. Oʻzingizni ahamiyatli his qilishingiz uchun ular haqida qaygʻurishingiz kerak. Oʻzingiz ishongan odamlardan haqiqat va maslahat tinglashingiz uchun sizga ularning haqqoniyligi zarur. Ularning sizni tushunishi, qanday boʻlsangiz, shundayligingizcha qabul qilishlari muhim.
Agar qandaydir sabablarga koʻra, bunday odamlar yoʻq boʻlsa, hozir boshingizdan oʻtayotgan qiyinchiliklarga duch kelgan kishilar jamiyatini toping. Ular qiyinchilikni yengib oʻtishga yordam beruvchi zarur tavsiyalar berishadi.
9. Kechirimli boʻling
Shunday boʻladiki, murakkab davrning muayyan bir aybdori boʻladi. “Agar u boʻlmaganida, hammasi rejadagidek ketayotgan boʻlardi!”, - deb oʻylaysiz va shu insonga nisbatan nafratingiz oshadi. Bu tabiiy, biroq buzgʻunchi reaksiya: siz vaziyatdan chiqish yoʻlini oʻylash oʻrniga salbiy jihatlarga diqqatingizni qaratyapsiz.
Mayli, inson haqiqatda aybdor boʻlsin, biroq... Egningiz jiqqa xoʻl boʻlgani sabab yomgʻirga jahl qilmaysiz-ku! Yoki soyaboningizni sindirgan shiddatli shamoldan qasd olasizmi? Yoʻq, siz imkon qadar tezroq uyga yetib olishga harakat qilasiz, keyin issiq choy ichib, singan soyabonni toʻgʻirlaysiz yoki yangisini sotib olasiz. Bu yerda ham shunday. Aybdor — imkon qadar tezroq ortda qoldirish kerak boʻlgan “tabiiy ofat”.
10. Oʻzingizni ayblamang
Yana bir marta takrorlaymiz: ogʻir damlar hammada boʻladi. Siz yomon emassiz, bu shunchaki har bir inson hayotining ajralmas qismi boʻlgan “qora chiziq”. Albatta, har bir inson hayotidagi qiyinchilik oʻziga xos boʻladi. Sizga aynan shunisi toʻgʻri keldi. Uni sizning naqadar yomonligingizni tasdiqlovchi dalil emas, sharaf bilan yengib oʻtish kerak boʻlgan sinov sifatida qabul qiling.
Hatto eng razil dushmaningiz ham oʻzingizning poyoni yoʻq fikrlaringiz kabi ziyon yetkaza olmaydi.
11. Oddiy narsalardan zavq oling
Ogʻir damlar yetkazuvchi eng ogʻir sinovlardan biri — qulaylik darajasining pasayishi. Ishlaringiz yaxshi ketayotganida taniqli restoranlarda tushlik qilish, sayohat qilish, uy ishlarida yordamchi yollash, qimmatbaho buyummlar xarid qilishdan zavq olishingiz mumkin. Ishlar yomonlashganda esa, koʻp narsadan voz kechishga toʻgʻri keladi va bu maʼyuslik hissini keltirib chiqaradi.
Shunday boʻlsa-da, hayotdan zavq olish uchun oddiy narsalarning oʻzi yetarli. Restorandagi tushlik oʻrniga qandaydir qiziq retseptni topib, yaqinlaringiz bilan original taom tayyorlang. Yevropa boʻylab sayohat qilish oʻrniga shanba kunlari velosipedga oʻtirib, atrofni oʻrganishni odat qiling. Hozir minimalizm urfda. Uni oʻzingizda sinab koʻring.
12. Qadriyatlar va asosiy maqsadlarni qayta koʻrib chiqing
Muvaffaqiyatsizliklar toʻqchilik va xotirjamlikda hatto xayolingizga ham keltirmagan hayotiy qadriyatlarni koʻzdan kechirib chiqish imkonini beradi. Oʻzingizning ichki olamingizga nazar tashlang, atrofga qarang: siz uchun nima haqiqatda muhim ahamiyatga ega? Orzularingiz, umidlaringiz, xatti-harakatlaringiz siz uchun haqiqatda ahamiyatga ega boʻlgan qadriyatlarga muvofiq keladimi? Nimadan ortiqcha pushaymonlarsiz voz kecha olasiz? Nimani yoʻqotish qalbingizni larzaga keltiradi? Ustuvor maqsadlarni qayta koʻrib chiqish koʻpincha muvaffaqiyatsizliklarni yengib oʻtishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
13. Oʻzingizda sabrni tarbiyalang
Bolalik va yoshlik damlarida biryoʻla barchasini qoʻlga kiritish mumkindek tuyuladi. Ulgʻaygan sayin vaqtni nazorat qilib boʻlmasligini tushunib yetamiz. Bizning taym-menejmentga doir koʻnikmalarimiz qanchalik kuchli boʻlmasin, vaqti-soati kelmagan ishlar ham bor. Fevralda gul oʻsmaydi, bola osonlikcha tugʻilmaydi, katta uy bir kunda qurib bitkazilmaydi. Qadrli narsaga ega boʻlmoqchi boʻlsangiz, kutib turishingizga toʻgʻri keladi. Buni tushunish va qabul qilish muhim.
Hammasiga ega boʻlishingiz mumkin, shunchaki bittada emas.
14. Yodingizda boʻlsin: doim tanlash huquqiga egasiz
Dunyodagi koʻp narsalarni nazorat qilib boʻlmasa-da, tanlashimiz mumkin boʻlgan narsalar bor. Tanlovning mohiyati unga qanday nuqtai nazardan qarashimizga, ularga qanday munosabatda boʻlishimiz, qanday xatti-harakatlarni qabul qilishimizga bogʻliq. Siz hozir va shu yerda kimsiz? Tanlang.
15. Oʻzingiz haqingizda qaygʻuring
Koʻpchilik oʻzini aybdor his qilib, holdan toyiguncha mehnat qilib, bu punktni oʻtkazib yuboradi yoki keyinga qoldiradi. Murakkab damlarda omon qolish uchun oʻzingiz haqingizda qaygʻurishingiz zarur. Haddan tashqari charchash yoki klinik depressiya ertaga sizni qulatsa, nima boʻladi?
Shunday ekan, hech nimaga qaramay, oʻzingizni xursand qiling.
Shinamgina kafeda qahva iching. Parkda sayr qiling. Yangi kitob mutolaa qiling. Chiroyli kiyim yoki aksessuar xarid qiling - nima boʻlmasin, u sizga xursandchilik onlarini tuhfa qiladi. Toʻyib uxlashga odatlaning. Ogʻir damlarda biz oʻzimiz uchun — eng muhim va eng samarali koʻmakdoshmiz. Uni yoʻqotish mumkin emas.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”