Ota ishdan odatdagidek kech qaytdi. Juda charchagan edi. Kichik oʻgʻli uni ostonada kutib turgan ekan. Oʻgʻil:
“Otajon, sizdan bir narsa soʻrasam maylimi?” dedi.
“Marhamat” dedi otasi.
“Otajon, bir soatda necha pul topasiz?” deb soʻradi oʻgʻil. Otasining achchigʻi kelib,
“Buni senga aloqasi yoʻq. Senga nima boʻldi? Nega bunaqa bemaʼni savol beryapsan?!” dedi. Oʻgʻil:
“Otajon, men faqat shuni bilmoqchiman. Iltimos, ayting. Bir soatda qancha pul topasiz?” dedi. Ota oʻgʻlining oyoq tirab turib olganini koʻrib,
“Juda bilging kelayotgan boʻlsa, mayli, aytaman. Bir soatda ikki dinor topaman” dedi. Bu javobni eshitgan oʻgʻil biroz oʻylanib turdi-da, keyin:
“Otajon, agar mumkin boʻlsa, menga bir dinor qarz berib turing” dedi. Otaning gʻazabi toshib,
“Mendan pul olib, arzimas narsalarga ishlatish uchun bir soatda qancha pul topishimni soʻraganmiding?! Bor xonangga, uxla! Men kun boʻyi charchaganman. Ishxonada asablarim toliqqan. Sen bilan maydalashib oʻtirgani vaqtim yoʻq” dedi.
Bola indamadi, koʻzlaridan yosh oqdi, asta xonasiga kirib ketdi. Oradan taxminan bir soat oʻtgach, ota boʻlib oʻtgan hodisa, oʻgʻliga qoʻpol muomala qilgani haqida oʻyladi. “Ehtimol, bolamning bir dinorga ehtiyoji bordir” degan gap xayoliga keldi. Keyin uning xonasiga bordi. Kirib,
“Uxlayapsanmi?” dedi.
Bola: “Yoʻq, uxlamayapman. Haliyam uygʻoqman” deya javob berdi.
Ota asta gap boshladi: “Boya senga qoʻpol muomala qildim. Bugun juda ogʻir va mashaqqatli ish kuni boʻlgan edi. Mana, ol, bu boya sen soʻragan bir dinor”.
Bolakay pulni olar ekan rosa quvondi. Yostigʻi ostidagi bir dinorni oldida, qoʻlidagi bir dinorga qoʻshdi. Buni koʻrgan ota gʻazab otiga minib,
“Oʻzingda bir dinor bor ekan-ku, nega yana mendan pul soʻrading?” dedi. Shunda murgʻakkina bolakay sokin ovozda:
“Boya pulim yetmas edi. Endi pullarim ikki dinorga aylandi. Bizga vaqt ajratib, biz bilan suhbat qilishingiz, yonimizda boʻlishingiz uchun men shu ikki dinorga sizning bir soat vaqtingizni sotib olmoqchiman” dedi.
Azizlar, hikmatli va toʻgʻri soʻz qayerdan kelsa ham, uni darhol qabul qiling! Baʼzida bunday soʻzlar umringizda faqat bir martagina koʻradigan odamingizdan, baʼzida esa yaqinlaringizdan keladi.
Hurmatli otalar! Farzandlaringiz va ahlu ayolingizga vaqt ajrating! Ularni eʼtiborsiz qoldirmang! Unutmang, ularning qalblarida sizga aytadigan koʻp gaplari bor.
Manba: muslim.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”